"Barselona" prezidentligi uchun saylovlarning yangi sanasi malum qilindi
16 jan 2021 07:27
Yangiliklar


"Barselona" prezidentligi uchun saylovlarning yangi sanasi malum qilindi
Kecha "Barselona" futbol klubi prezidenti vazifasini bajaruvchi Karles Tuskets tomonidan yig'ilish tashkil qilindi.
Unda klub prezidentligi uchun nomzodlar - Joan Laporta, Viktor Fnt va Toni Freysha ham ishtirok etdi.
Unga ko'ra, klub prezidentligi uchun 7 mart kuniga saylov belgilandi. Barchasi epidemiologik vaziyatga bog'liq ekanligi takidlandi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq saylov 24 yanvarga belgilangandi. Ammo Kataloniyada koronavirus bilan bog'liq vaziyat sabab ushbu saylov boshqa muddatga qoldirilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar