"Barselona" prezidentligi uchun saylovlar qoldiriladi
15 jan 2021 20:53
Yangiliklar
Kataloniyaning "Barselona" klubi prezidentligi uchun saylovlar 24 yanvar kuni bo'lib o'tishi kerak edi. Ammo, saylovlar boshqa sanaga qoldirilishi mumkin. Gap shundaki, Ispaniyada yangi karantin cheklovlari joriy qilingani bois saylovchilarning qariyb yarmi saylov uchastkalariga etib kela olmaydi. Bugun finalga chiqqan 3 nomzod: Viktor Font, Joan Laporta va Toni Freysh - saylovlarning keyingi taqdirini maxsus yig'ilishda hal qilishlari kerak.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar