“Barselona” prezidenti: “Biz hech qachon hakamlarni sotib olmaganmiz”
08 mar 2023 10:55
Yangiliklar
“Barselona” prezidenti: “Biz hech qachon hakamlarni sotib olmaganmiz”
Kataloniyaliklar rahbari Joan Laporta hakamlarni o'z tomoniga og'dirish bo'yicha “Barselona”ga qo'yilayotgan ayblovlarni rad etdi.
Avvalroq, “ko'k-anorranglilar” 2016-2018 yillar davomida Ispaniya Qirollik futbol federaciyasi texnik hakamlar qo'mitasida vice-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga tegishli kompaniyaga 1,4 mln evro o'tkazib bergani xabar qilingandi.
“Barsa” hech qachon hakamlarni sotib olmagan va klubning bunday niyati ham bo'lmagan, umuman hech qachon. Tarixni o'zgartirishga urinayotganlarning faktlaridagi ishonchliligi haqiqatdan yiroq. Bizda hammasi yaxshi – hech narsa tasodif tufayli bo'lmaydi. “Barselona”ning manfaatlariga putur etkazishga qarshi kampaniyalar bor”, deydi Laporta.
Fikrlar