"Barselona" Pikening jarohati borasida malumot berdi
22 avg 2021 12:53
Yangiliklar
"Barselona" Pikening jarohati borasida malumot berdi
SHanba oqshomida "Barselona" "Atletik"ka qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning birinchi bo'limida futbolchi Jerar Pike jarohat oldi va u zaxiraga olindi. Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 34 yoshli futbolchining chap oyog'i tizzaosti sohalarida muammolar bor. Himoyachi borasidagi aniq malumotlar dushanba kungi tibbiy ko'rikdan so'ng malum bo'ladi.
Ispan matbuotining yozishicha, bunday jarohatlarni davolash uchun 2 hafta kerak bo'ladi. SHunday bo'lgan taqdirda Pike LaLiga doirasida "Xetafe"ga qarshi o'yinda qatnashmaydi.
Fikrlar