So’nggi yangiliklar

00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  5 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18

"Barselona" o'z o'yida "Valensiya"ni mag'lub etdi Yangiliklar

"Barselona" o'z o'yida "Valensiya"ni mag'lub etdi

Ispaniya primerosining 32-turidan o'rin olgan "Barselona" – "Valensiya" uchrashuvni 2:0 hisobida yakunlandi.

32-tur
Barselona – Valensiya 2:0

Gollar: Suares 1, Messi 90.
18 aprel, 19.00, Kamp Nou 
Barselona – Bravo, Dani Alves, Pike, Mate, Adriano, Xavi, Maskerano, Buskets, Neymar, Messi, Suares. 
Valensiya – Diego Alves, Barragan, Mustafi, Otamendi, Orban, Parexo, Fuego, Gomesh, Feguli, Rodrigo, Alkaser.




UCHRASHUV YAKUNLANDI.

"Valensiya" butun jamoa bilan hujum qilib turganida, mezbonlar to'pni olib qo'yib, bir o'zi raqib darvozasi tomon yugurayotgan Messiga to'pni etkazib berishdi. Messining birinchi zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan to'pga yana Leo zarba berdi va 2:0.
90+3. So'nggi 15 soniya o'tyapti. GOOOOOLLLL!!!! MESSIII!!!

90+2. "Valensiya" futbolchisi o'z jarima maydonining yonida qioda buzdi. 

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

88. ZARBAAAA! Pedro Messidan qabul qilib olgan to'pni darvoza tomon yo'lladi. Darvozabon o'z jamoasini navbatdagi goldan qutqardi. Burchak to'pi.

85. Messi gol urishni juda xohlayapti, lekin raqib jamoa himoyachilari bunga yo'l qo'ymayapti.

Endi sardorlik bog'ichi Messida.
80. O'zgarish. Xavi o'rniga Serxi Roberto.

79. Mustafiga sariq kartochka. Neymar to'pni uzoq masofaga tashlab qochib ketishga urindi, ammo nemis futbolchisining qoida buzishdan boshqa iloji yo'q edi.

77. Sariq kartochka. Rakitich raqibning qarshi hujumini to'xtatib qoldi.

75. BRAVOOO! Mehmon futbolchisining kuchli zarbasini Bravo qaytarib qoldi. Rodrigo esa boshini ushlab qoldi.

O'zgarish. Alkaser o'rniga Negredo.
74. Alvaro Negredo maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

73. Neymar uzoq masofadan zarba berdi. To'p to'ppa-to'g'ri muxlislar tomon yo'l oldi.

70. "Valensiya" to'pga ko'proq egalik qilyapti.

SHakira farzandlari Milan va Sasha bilan birga.


65. O'zgarish. Suares o'rniga Pedro.

64. ZARBAAAAAAAAA!!!!!! Messining jarima zarbasi darvoza to'sini tufayli golga aylanmadi.

63. Messi raqib jarima maydonchasiga kirib borayotganda uni raqib jamoa sardori Parexo to'xtatib qoldi. Leo gol urishi uchun juda qulay imkoniyat.

62. "Barselona"ning hujumi Alvesning zarbasi bilan tugadi. Ammo o'yindan tashqari holat ekan.

60. Parexoning jarima maydonchasiga etkazib bergan to'pini, Buskets qaytardi.

59. "Barselona" o'z o'yidagi o'yinda ikkinchi jamoa bo'lib o'ynayapti. "Valensiya" esa hujum qilishdan charchamayapti va navbatdagi jarima zarbasini ishlab oldi.

58. "Valensiya" burchak to'pi tepish huquqiga ega bo'lishdi.

57. Messi havodan kelayotgan to'pga qaychi uslubida zarba berishga harakat qildi. Ammo uning oyog'i to'pga biroz etmay qoldi.

55. "Barselona" qarshi hujumda gol ura olmadi. Messi chaproqda olinga qarab yugurayotgan Alvesga to'pni oshirdi, Dani esa to'pni jarima maydonchasi ichiga tashlab berdi. Neymarning bosh bilan bergan zarbasi kuchsiz chiqdi.

54. Maskerano sariq kartochka oldi

52. O'yinda hozircha xavfli hujumlar kuzatilayotgani yo'q. To'p u jamoadan bu jamoaga o'tishda davom etyapti.

48. Tennis yulduzlaridan biri Endi Myurrey bugun "Kamp Nou"da "Barselona" - "Valensiya" uchrashuvini kuzatmoqda.

47. "Velensiya" yana qanotlardan hujumga o'tishga urinib ko'rmoqda, ammo hozircha besamar.

"Barselona" tarkibida o'zgarish. Adriano o'rniga Rakitich.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi! Hakam uchrashuvga vaqt qo'shmadi. Birinchi taymda ko'proq "Valensiya" hujum qildi, ammo ularga omad kulib boqmadi.

Xavining burchakdan etkazib bergan to'pini Pike boshi bilan raqib darvozasiga yo'llashga urinib ko'rdi noaniq.
45. Adriano o'z jamoasi uchun burchak to'pi ishlab oldi.

43. Hozircha har ikki jamoaning o'yini qovushmayapti. Hujumlar besamar yakunlanmoqda. Ivan Rakitich esa chigalyozdi mashqlarini boshladi. Tez orada o'zgarish bo'lishi mumkin.

40. MESSSSIIII!!!!! Messi o'zi boshlagan hujumni yakunlay olmadi!!! Uning o'ng oyoq bilan bergan zarbasi biroz noaniq.

39. Alkaser jarima maydonchasi tashqarisidan darvozaning uzoq burchagiga zarba berdi. Biroz noaniq.

37. Kataloniyaliklar bugun ko'proq to'pni darvozabonga qaytarib berishmoqda.

36. To'pga ko'proq "Barselona" egalik qilmoqda.

28. Neymarga nisbatan qo'pollik va sariq kartochka. Xavi Fuego ogohlantirildi.

27. Adriano raqib futbolchisini yiqitdi va sariq kartochkali bo'lib oldi.

26. Bravo to'pni qaytaraverib futbolchilardan ham ko'proq charchagan ko'rinadi.


25. Orban o'ng qanotda Suaresga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Kataloniya klubida gol urish uchun yaxshi imkoniyat. Muxlislar qarsaklar bilan gol bo'lishini so'rashyapti.

24. Bugun "Barselona" himoyasi o'z o'yinini ko'rsata olmayapti. Bu "Barsa" ko'proq Gvardiola davridagi jamoani eslatyapti.

23. "Barselona" to'p bilan egalik qilmoqda va muxlislar ham ularni qarsak bilan oliqishlab turibdi.

22. Pako Alkaser boshi bilan raqib darvozasiga zarba berdi. Bravodan yana bir seyv.

20. Mezbonlar yana o'ng qanotda qoida buzishdi va "Valensiya"da hisobni tenglashtirish uchun yana bir imkoniyat.

19. Messi raqib jarima maydonchasi yonida chap tarafda ochiq turgan Neymarga to'pni etkazib berdi. Neymar ham havolatib to'pni Messiga qaytardi. Gol urishga tayyorlangan Messi biroz to'pga eta olmadi. Bo'yi etmadi.

18. Gomeshning jarima maydonchasiga erlatib bergan oshirmasini Pako Alkeser to'xtatmasdan darvozaga zarba berdi. Biroz noaniq.

16. QOIDABUZARLIKLAR! Alves avvaliga Otamendini yiqitdi, o'sha vaziyatning o'zida mehmonlar ham Busketsni yiqitish bilan javob berdi. Alvesning yana bir qo'polligiga vanihoyat xushtak chalindi.

15. "Valensiya" o'ng qanotda jarima chizig'i ustida jarima zarbasini ishlab oldi. Yana bir standart.

Mehmonlarda standart vaziyat. Jarima maydonchasiga tashlab berilgan to'pni Otamendi darvozaga aniq yo'llay olmadi.

14. Gol mana shunday urilgan edi.


11. "Barselona" to'p bilan egalik qilmoqda, mehmonlar esa pressing uyushtirishmoqda.

Bravoga qoyil! U zarba yo'nalishini topdi va to'pni ushlab oldi.

10. Barcha Bravodan seyv kutyapti. Xo'sh nima bo'lar ekan. Parexo to'p qarshisida. ZARBAAAA!!!! BRAAAAVOOOOO!!!!

9. PENALTI! Pike Rodrigoni yiqitdi va hakam 11 metrlik jarima to'pi tomon ko'rsatdi.

6. Dani Parexo jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi va to'p Matyoga tegib yana "Valensiya" futbolchisiga tushdi va mehmon jamoa vakili 5 metr masofadan zarba berdi. Darvoza ishg'ol qilingani yo'q. Buning ustiga o'yindan tashqari holat.

5. Adriano maydon markazida raqib futbolchisini yiqitdi.

3. ZARBA! Rodrigo Azar kabi chap qanotdan kirib borib, to'pni o'ng oyog'iga to'g'irlab oldi va zarba berdi. Ammo biroz noaniq.

2. Qoyil! 55 soniyada Kataloniya klubi "Valensiya" darvozasini ishg'ol qila oldi.

"Barselona" qarshi hujumda "Valensiya"ni jazoladi. Busketsdan to'pni qabul qilib olgan Messi jarimay maydonchasi tomon yugurib bir himoyachini o'zi tomon tortdi, o'ngroqda ochiq qolgan Suares Messidan kelgan to'pni to'xtatib o'tirmay darvozaga yo'lladi va hisob ochildi.

GOOOOOOOLLL!!!!!

1. O'yin boshlandi.

- Muxlislar safida Pikening ayoli SHakira va uning o'g'li Sasha ham bor.

- Bugun "FANTASTIK UCHLIK" "Valensiya" himoyasiga xavf solishga tayyor.

- Ushbu uchrashuvni hamkorimiz "Aleziya.com" orqali jonli ravishda kuzatib borishingiz mumkin. Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda va "Barsa" madhiyasi yangramoqda.

- Ispaniya chempionati turnir jadvali bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Bugun "Kamp Nou"da "Barselona" "Valensiya"ni qabul qiladi va bu uchrashuvni sizlar bilan birga kuzatib boramiz. Ayni damda futbolchilar "Kamp Nou" tunnelida maydonga chiqishga tayyorgarlik ko'rishmoqda.

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика