"Barselona" MYU yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
12 okt 2015, 17:12
"Barselona" murabbiylar shtabi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Ander Erreraga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Errera qishki transfer oynasida ko'k-anorranglilar tarkibini to'ldirishi mumkin. 

26 yoshli futbolchining MYU tarkibidagi vaziyatiga havas qilib bo'lmaydi, chunki u etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti. Bu mavsumda u Premer-ligada to'rtta uchrashuv o'tkazgan va ularning bor-yo'g'i ikkitasida asosiy tarkibda bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport