"Barselona" murabbiyi Agueroning ahvoli haqida gapirdi
01 noy 2021 19:51
Yangiliklar


"Barselona" murabbiyi Agueroning ahvoli haqida gapirdi
"Barselona" bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Serxi Barxuan dam olish kunlari "Alaves"ga qarshi o'yindan (1:1) keyin kasalxonaga yotqizilgan argentinalik hujumchi Serxio Agueroning ahvoli haqida gapirdi.
"Kecha men u bilan telefonda gaplashdim. Serxio xotirjam. U palataga yotqizilgan", – deydi Serxi Barxuan.
Eslatib o'tamiz, Serxio Aguero "Alaves"ga qarshi o'yinning 41-daqiqasida almashtirilgandi. Argentinalik futbolchining nafas olishida muammolar paydo bo'lib, ko'kragi og'riy boshladi. Stadiondan tez yordam mashinasi sportchini kasalxonaga olib borgan va unga yurak ritmining buzilishi tashxisi qo'yilgan.
Laliga
O’xshash yangiliklar

Fikrlar