"Barselona" Messi bilan shartnomani uzaytirishni o'ylamoqda Yangiliklar

"Barselona" Messi bilan shartnomani uzaytirishni o'ylamoqda

ESPN'ning bergan malumotiga ko'ra, Barselona klub afsonasi Lionel Messi bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni xohlamoqda.

32 yoshli forvardning kataloniyaliklar bilan kelishuvi 2021 yilga qadar mo'ljallangan bo'lib, klub rahbariyati uni yana 2 yilga (2023) cho'zmoqchi. Qayd etilishicha, mutasaddilar Messini u kamida 36 yoshga to'lgunicha jamoada olib qolish rejalashtirishmoqda.

Leo o'tgan mavsum LaLiganing 34 bahsida qatnashib, 36+13 ko'rsatkichni qayd etgandi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика