“Barselona” Maskeranoni “Napoli”ga 20 million evro evaziga sotmoqchi
06 dek 2013 10:06
Yangiliklar


“Barselona” Maskeranoni “Napoli”ga 20 million evro evaziga sotmoqchi
“Napoli” klubi “Barselona” bilan Xaver Maskeranoning transferi xususida muzokara olib borayapti.
Kataloniyaliklar 29 yoshli Argentina terma jamoasi futbolsini yanvar oyida 20 million evro evaziga qo'yib yubrishga tayyor turishibdi, deb xabar beradi Il Mattino.
Manbaning xabariga ko'ra, kelishuv faqatgina “Barselona” Maskeranoning o'rniga o'rindosh topgandagina amalga oshishi mumkin.
Ushbu mavsum Maskerano Ispaniya chempionatida 9ta o'yin o'tkazgan.

Fikrlar