"Barselona" Luis Suaresni shartnomasi yakuniga qadar maydonga tushirmaslikka tayyor
15 sen 2020 11:50
Yangiliklar
"Barselona" Luis Suaresni shartnomasi yakuniga qadar maydonga tushirmaslikka tayyor
"Barselona" hujumchisi Luis Suaresda muammolar yuzaga keldi.
33 yoshli urugvaylik hujumchi shartnoma bo'yicha kataloniyaliklar rahbariyati bilan kelisha olmadi, shu sabab u butun mavsumni tribunalarda futbol kuzatib o'tkazishi mumkin.
Agar Suares va "Barselona" kelishuvga erishishmasa, klub uni bitim so'nggiga qadar maydonga tushirmasligi mumkin, ammo bu borada so'nggi so'zni Kuman aytadi. SHuningdek unga shartnomasi bo'yicha to'liq maosh to'lanadi.
Suares 2014 yildan beri "Barselona"da o'ynaydi. U 2019/20 yilgi mavsum klub miqyosidagi barcha musobaqalarda 36ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol va 10ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar