So’nggi yangiliklar

14:28"Атлетик" собиқ президенти: "Уильямс биз учун ўйнашни истамаяпти"  1 13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  2 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  1 12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  5 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  8 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  2 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  2 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  9 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  4 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  6 08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  3 07:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" "Бенфика"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  6 01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4

"Barselona" - "Liverpul". Prevyu Yangiliklar

"Barselona" - "Liverpul". Prevyu

Bugun (1 may) tunda futbol muxlislari "Barselona" hamda "Liverpul" ijrosidagi o'yinni tomosha qilishadi.

Joriy mavsum Ernesto Valverde jamoasi CHLda mag'lub bo'lmadi. Kataloniya klubi o'z guruhida 4ta g'alabaga erishdi va 2ta durang qayd etdi. Ular pley-offning 1/8 final bosqichi birinchi uchrashuvida "Lion" bilan golsiz durang qayd etishdi, javob o'yinida esa 5:1 hisobidagi g'alaba qo'lga kiritildi. Ko'k-anorranglilar navbatdagi bosqichda "Manchester Yunayted"ni taslim qilishdi va yarim finalga yo'l olishdi.

"Qizillar"ning CHL guruh bosqichidagi ishtiroki qiyinroq bo'ldi. "Liverpul" uch marta mag'lub bo'ldi. Mersisaydliklar "Napoli", "Crvena Zvezda" va PSJga mag'lub bo'lishdi. Klopp jamoasi pley-off bosqichida muvaffaqiyatliroq o'yin namoyish etdi. Avvaliga "Bavariya" masalasini mehmonda hal qildi (3:1), keyin esa "Portu"ni ikkala o'yinda ham mag'lub etdi.

"Barselona" bu mavsum CHempionlar ligasida 10ta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 7ta g'alaba yozib qo'ydi. "Liverpul" hisobida 6ta o'yinda zafar quchdi va 3ta bahsni mag'lubiyat bilan yakunladi.


Tarkib

Ernesto Valverde "Liverpul"ga qarshi bahsda optimal tarkibni maydonga tushirishi mumkin. Rafinya Alkantaradan tashqari Kataloniya klubining barcha futbolchilari soppa-sog'.

"Liverpul"da esa kichik muammolar bor. Fabino, Firmino va Lallanalarning "Barselona"ga qarshi bahsda ishtirok etishi so'roq ostida. Firmino va Fabino "qizillar"ning so'nggi mashg'ulotida ishtirok etdi, ammo Lallanani bu ro'yxatga kirita olmaymiz. U jarohatini davolashda davom etmoqda.

Taxminiy tarkiblar

"Barselona": Ter SHtegen, Alba, Langle, Pike, Semedu, Artur, Buskets, Rakitich, Koutino, Suares, Messi.

"Liverpul": Alisson, Robertson, van Deyk, Matip, Aleksander-Arnold, Keyta, Fabino, Xenderson, Mane, Firmino, Saloh.


Qiziqarli faktlar

- "Barselona" CHempionlar ligasidagi so'nggi uchta o'yinning ikkala bo'limida ham g'alaba qozonmoqda.

- Kataloniya klubi CHempionlar ligasidagi so'nggi 10ta bahsda mag'lub bo'lgani yo'q.

- "Liverpul" CHempionlar ligasidagi oxirgi 3ta uchrashuvida g'alabaga erishdi.

- "Qizillar" CHempionlar ligasidagi oxirgi 3ta o'yinda kamida 2tadan gol urishga muvaffaq bo'ldi.


O'zaro o'yinlar

30 mart, 1976. UEFA Kubogi. "Barselona" - "Liverpul" 0:1

14 aprel, 1976. UEFA Kubogi. "Liverpul" - "Barselona" 1:1

5 aprel, 2001 yil. UEFA Kubogi. "Barselona" - "Liverpul" 0:0

19 aprel, 2001 yil. UEFA Kubogi. "Liverpul" - "Barselona" 1:0

20 noyabr, 2001 yil. CHempionlar ligasi. "Liverpul" - "Barselona" 1:3

13 mart, 2002 yil. CHempionlar ligasi. "Barselona" - "Liverpul" 0:0

21 ferval, 2007 yil. CHempionlar ligasi. "Barselona" - "Liverpul" 1:2

6 mart, 2007 yil. CHempionlar ligasi. "Liverpul" - "Barselona" 0:1


Barcelona

Luis Suarez - 26', Lionel Messi - 75', Lionel Messi - 82'

Champions League Final Stage . 1/2-tur

02/05/2019, 01:00

0
:
3
Tugadi

Liverpool

Stadion: Camp Nou, 98299 tomoshabin

Bosh hakam: Bjorn Kuipers

45'
90'
26'  Luis Suarez
26'  Jordi Alba
39'  Clement Lenglet
60'  Philippe Coutinho (Nelson Semedo)
75'  Lionel Messi
75'  Luis Suarez
81'  Luis Suarez
82'  Lionel Messi
86'  Jordi Alba
90'  Luis Suarez (Ousmane Dembele)
90'  Sergi Roberto (Carles Alena)
24'  Naby Keita (Jordan Henderson)
78'  Georginio Wijnaldum (Roberto Firmino)
81'  Fabinho
84'  James Milner (Divock Origi)

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика