"Barselona" Kuman bilan shartnomani uzaytirishga tayyor
01 sen 2021 20:23
Yangiliklar


"Barselona" Kuman bilan shartnomani uzaytirishga tayyor
"Barselona" rahbariyati bosh murabbiy Ronald Kuman bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara olib bormoqda.
Biroq shartnoma uzaytirilishi bir qancha shartlar asosida amalga oshadi: "Barselona" yaxshi o'yin ko'rsatishi va unvonlarni qo'lga kiritishi; murabbiy klub tomonidan belgilangan strategik yo'nalishlarga amal qilishi kerak.
Ronald Kuman 2020 yildan beri "Barselona"ni boshqaradi. Uning qo'l ostida Kataloniya klubi 2020/2021 yilgi mavsumda Ispaniya kubogini qo'lga kiritdi, shuningdek, La Ligada uchinchi o'rinni egalladi. CHempionlar Ligasida esa "ko'k-anorranglilar" o'z ishtirokini 1/8 finalda yakunladi.
"Barselona" La Liga joriy mavsumining 3 uchrashuvida 7 ochko jamg'ardi hamda Ispaniya chempionati turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar