"Barselona" klub televideniesini yopadi
28 apr 2023 01:08
Yangiliklar
"Barselona" klub televideniesini yopadi
"Barselona" La Liganing moliyaviy talablarini qondirish uchun 30 iyundan boshlab klub televideniesini yopadi.
Kataloniyaliklar rahbariyati Movistar Televisión platformasi bilan iyun oyi oxirida tugaydigan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi. Klubning "Barsa" telekanali yopilishi munosabati bilan 150 ga yaqin xodim ishdan bo'shatilishi haqida payshanba kuni bo'lib o'tgan yig'ilishda malum qilingan.
"Barselona" rahbariyatining qarori La Liganing moliyaviy feyr-pley borasidagi talablari bilan bog'liq. Rahbariyat ayni damda klub imiji va translyaciya kontentini saqlab qolishning yangi usullarini izlamoqda.
Fikrlar