"Barselona": "Klub korrupciyaga oid har qanday ayblovlarni rad etadi"
10 apr 2020 20:57
Yangiliklar


"Barselona": "Klub korrupciyaga oid har qanday ayblovlarni rad etadi"
"Barselona" matbuot xizmati klubning sobiq vice-prezidenti Emili Rusoning tanqidlaridan keyin bayonot berdi.
Ruso avvalroq klubda korrupciya muammosi borligi haqida gapirgandi.
"Klubning sobiq vice prezidenti Emili Rusoning OAVga bergan intervyusida jiddiy va asossiz ayblovlarni keltirganini inobatga olgan holda, "Barselona" korrupciya alomatlariga ega bo'lgan har qanday harakatlarni rad qiladi va shu sababli sud choralarini ko'rish huquqini o'zida saqlab qoladi", – deyiladi xabarda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar