"Barselona" Kanseluning ijara muddatini uzaytirmoqchi

Sherzod Nurmatov
18 noya 2023, 15:06
Himoyachini sotib olish narxi "ko'k-anorranglilar"ga qimmatlik qiladi.

Ispaniyaning "Barselona" klubi kelasi yozda "Manchester Siti"ning portugaliyalik himoyachisi Joau Kanseluning ijara muddatini uzaytirmoqchi, deb xabar bermoqda Sport.es.

"Barselona" 29 yoshli Kanseluni sotib ololmaydi – "Manchester Siti" portugaliyalik uchun 50 million evro so'rayapti. Ingliz klubi yangi ijara shartnomasini Kanseluni 35 million evroga majburiy xarid qilish sharti bilan ko'rib chiqishga tayyor.

Jou Kanselu joriy mavsum "Barselona" safida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es