“Barselona” “Kamp Nou”da yangi futbolchilarni tanishtirdi

Narzulla Saydullayev
19 avg 2014, 08:00
“Barselona” jamoasining mavsumlar oralig'ida tarkibga qo'shib olingan yangi futbolchilari “Kamp Nou” stadionida tanishtirdi.
Joan Gamper Kubogi doirasidagi Meksikaning “Leon” klubiga qarshi o'tkazilgan uchrashuvi oldidan o'yinchilar keng ommaga rasman tanishtirildi.

Stadionga yig'ilgan muxlislar hujumchi Luis Suares, himoyachilar Tomas Vermalen va Jeremi Mate, darvozabon Klaudio Bravo, shuningdek, Xordi Masip, Marka-Andre ter-Shtegen, Ivan Rakitich va Rafinyalarni olqishlashdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com