So’nggi yangiliklar

11:58УЕФА Суперкубоги. "Реал" ва "Аталанта"нинг тахминий таркиби билан танишинг  5 11:32"Олимпик"нинг эртаси нима бўлади?  3 11:19Ўзбекистон кубоги доирасидаги "Бунёдкор" - "Пахтакор" баҳсини ким бошқариши маълум  1 10:52"Челси" раҳбари Боули икки йил ичида ТОП-10 га кирди  1 10:25Жозе Моуринью EЧЛдан чиқиб кетганидан сўнг: "Биз барибир чемпион бўла олмасдик"  5 09:57Opta суперкомпютери Ла Лига старти олдидан чемпионлик учун асосий даъвогарни тахмин қилди  3 09:28Шомуродовнинг трансфери "Атланта"га тахминан қанчага тушиши маълум  7 08:57"Реал Мадрид"да Суперкубокдан аввал йўқотиш бор. Жамоанинг асосий футболчиси "Аталанта"га қарши учрашувни ўтказиб юборади  7 08:29Про лига. Бугун 16-тур баҳсларига старт берилади  2 07:59МЛСда трансфер ойнаси қачон ёпилади? "Атланта"нинг Шомуродовни қўлга киритиш учун жуда кам вақти қолди  3 07:30Саудия Суперкубоги. "Ал Ҳилол" камбек қилиб финалга йўл олди. Финалдаги рақиб бугун аниқланади  5 01:16Моуринью бошчилигидаги "Фенербаҳче" ЕЧЛ саралашидан чиқиб кетди  5 01:05"Манчестер Юнайтед" расман Нуссаир Мазрауи трансферини эълон қилди  3 00:44Расман: Маттейс де Лигт – "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  8 00:25Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Анголага йирик ҳисобда ютқазди  9

"Barselona" yirik g'alabani tantana qildi Yangiliklar

"Barselona" yirik g'alabani tantana qildi

Ispaniya chempionatining 8-turidan o'rin olgan "Barselona" – "Eybar" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.

Ispaniya chempionati, 8-tur.

"Barselona" – "Eybar" 3:0

Kamp Nou 

Gollar: Xavi (60), Neymar (72), Messi (74).

"Barselona"
: Bravo, Dani Alves, Pike, Alba, Mate, Xavi, Maskerano, S.Roberto (Inesta, 55), Pedro (Sandro, 71), Neymar (Munir, 77), Messi.

"Eybar"
: Irureta, Albentosa, Lilo, Ekisa, Minero, Berxon (Nieto, 77), Errasti, Kapa (Boateng, 75), Dani Garsiya, Lara (Piovakarri, 57), Boveda.

Ogohlantirishlar: Neymar (40), Kastellano (45), Lara (53), Inesta (83). 


                                   MATNLI TRANSLYACIYA

                                              YANGILASH


Bugungi bellashuvdan olib borgan matnli onlayn reportajimizni yakunlaymiz. Doimo sog'-salomat bo'ling, Aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha! Uchrashuvni Siz Aziz ishqibozlar uchun SHahboz Beg'amov sharhlab bordi. Etiboringiz uchun tashakkur!


UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Barselona" muxlislarini g'alaba bilan tabriklaymiz!


90` Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.


89` "Barselona" to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi.


87` Sandroning darvoza tomon tepgan zarbasini Irureta ushlab oldi.


86` "Eybar" jarima zarbasi ishlab oldi. Lekin bundan ham naf chiqmadi.


83` Andreas Inesta hakam tomonidan ogohlantirildi.


81` O'yin taqdiri amalda hal etib bo'lindi. Qolgan daqiqalar shunchaki rasmiyatchilik uchun o'ynaladi. "Barselona" yana gollar urib o'z ko'rsatkichini yanada yaxshilab olishi mumkin. "Eybar" jamoasi esa mezbonlar darvozasiga yo'l topishga urinib ko'rishadi.


79` "Eybar" himoyachisi jamoasini yana bir goldan qutqarib qolmoqda. Sandro bu vaziyatda darvoza tomon zarba yo'llagan edi.


77` "Barselona"da o'zgarish. Neymar o'z o'rnini Munirga bo'shatib berdi.


74` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MESSI! Messi Neymar bilan "devor" uslubida o'ynadi va jarima maydonchasi ichiga kirib borib, darvozani aniq nishonga oldi, 3:0.


73` Dani Alveshning qanotdan uzatib bergan to'pini to'xtatmasdan darvozaga yo'llagan Neymar hisobni oshirdi, 2:0.


72` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! NEYMAR!


71` "Barselona"da o'zgarish. Pedro o'z o'rnini Sandroga bo'shatib berdi.


70` Alba raqib jarima maydonchasi oldidan paydo bo'ldi. Xordining yo'llagan zarbasi Iruretaning qo'liga borib tushdi.


69` Piovakarri Bravo darvozasiga zarba yo'lladi. Kuchsiz chiqqan zarbani ushlab olishda Bravo qiyinchilikka duch kelmadi.


67` Messi!!! Argentinalik futbolchi hisobni oshirishi mumkin edi. Lekin uning zarbasini Irureta bartaraf etishga erishdi.


66` "Eybar" futbolchilari ikkinchi qavatda yaxshi o'ynashdi va xavfni bartaraf etishdi.


65` Neymarga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Jarima to'pi.


63` Kiritilgan goldan ruhlangan mezbonlar yanada hujumkor o'ynashmoqda. Pedro ajoyib imkoniyatni yo'qqa chiqarmoqda.


61` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Xavi! Xavi-Messi-Xavi kombinaciyasini Xavining zo'zi samarali yakunlashga erishdi, 1:0!


60` Hozirgina maydonga tushgan Piovakarri oldinga intilmoqchi bo'ldi. Lekin Pike ishonchli harakat qildi.


59` Neymarning boshi bilan bergan zarbasini Irureta ikkinchi urinishda ushlab oldi.


57` "Eybar"da ham o'zgarish. Lara o'rniga Piovakarri tushdi.


56` Jarohatlangan Roberto o'rniga Inesta maydonga tushirildi.


55` Luis Enrike maydonga Inestani tushirishga hozirlik ko'rmoqda.


54` Serxio Roberto va Lilo to'qnashib ketishdi.


52` "Barselona"ning navbatdagi hujumi ham samarasiz tugadi.


50` Bu safar Neymar boshi bilan darvozani ishg'ol etmoqchi bo'ldi. Lekin bu vaziyatda hakam braziliyalik futbolchi qoidani buzdi deb topdi.


48` Messining jarima zarbasidan uzatib bergan to'piga Pike boshi bilan zarba berdi. Lekin noaniq.


46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!


- Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!


45` Saul Perez!!!!!!!!!!!! Bravo endi ishga kirishmoqda. Hisob ochilishiga juda yaqin kelgandi, lekin Bravo jamoasi joniga oro kirdi.


44` Pedroning o'ng qanotdan etkazib bergan to'piga Messi boshi bilan chiroyli va kuchli zarba berdi. Irureta!!!!


43` Endi mezbonlar hisobni ochishlari mumkin edi. Irureta yana bir bor o'zini ko'rsatdi.


42` Xavfli vaziyat! Kapa! Kapa darvozabon bilan birga-bir chiqdi va Bravoni aldab o'tdi. Lekin o'tkir burchakdan bo'sh qolgan darvozani nishonga ola bilmadi. Haaa, shunaqasi ham bo'lib turadi...


41` Hakam "Barselona" hujumi paytida o'yinni to'xtatdi. Sababi, "Eybar" futbolchisi maydonda yotgandi. Etirozlari uchun esa Neymarga sariq kartochka ko'rsatildi. Neymar hech narsani tushunmayapti....


40` Neymar raqib jarima maydonchasi ichida himoyachiga nisbatan qoidani buzdi.


39` Neymar birin-ketin raqib futbolchilarini aldab o'tib, jarima maydonchasi ichiga kirmoqchi bo'ldi. Lekin so'nggi pallada himoyachi to'pni undan olib qo'ydi.


38` "Eybar" raqibiga qarshi pressing qo'llamoqda.


36` Messi to'pni jarima maydonchasi ichida turgan jamoadoshlariga etkazib bermoqchi bo'ldi. Ammo Xavi to'pga bosh bilan zarba berishga kech qoldi.


34` Dani Alvesh darvozaga uzoqdan zarba yo'lladi. Noaniq.


33` Karles Puyol, Serxio Buskets, Rakitichlar o'yinni tribunada tomosha qilishmoqda.


31` "Eybar" darvozaboni Irureta hozircha faol. Uning aniq harakatlari hisob o'zgarishiga yo'l qo'ymayapti.


30` "Barselona" raqibini o'z jarima maydonchasi ichiga "qamab" qo'ygan.


28` Navbatdagi burchak to'pi ham samarasiz yakunlandi.


27` Pike ko'p vaziyatlarda raqib jarima maydonchasi ichida paydo bo'lmoqda. "Barselona" himoyachisi o'z rafiqasi SHakiraga gol "sovg'a" qilmoqchi shekilli?


26` Messi! Jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib olgan Messi darvozani nishonga olmoqchi bo'ldi. Lekin zarbaga aniqlik etishmadi. Hisob xamon o'sha-o'sha, 0:0.


25` "Barselona" burchak to'pi tepdi. Lekin raqib himoyachilari ikkinchi qavatda mezbonlarga imkon qoldirishmadi.


23` "Eybar" hozircha ishonchli tarzda himoyalanmoqda.


21` Messi! Lionel Messi Irureta bilan deyarli yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va to'pni darvozaga yo'lladi. Ammo "Eybar" posboni o'z mahoratini ishga soldi va jamoasini goldan saqlab qoldi.


20` Messi! Argentinalik futbolchi jarima maydonchasi ichida darvoza tomon zarba bermoqchi bo'ldi. Lekin uning qarshisida uch himoyachi turgandi va Messi to'pga zarba bera olmadi.


18` Hech qanday etiborga molik vaziyatlar kuzatilmayapti, hozircha.


16` Messini nima o'yladi bilmadim-u, ammo u oshirib bergan to'p hech kimga tegmasdan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.


15` Jarima to'pi. "Barselona" uchun imkoniyat.


13` O'yin tempini yuqori deb bo'lmaydi. "Barselona" hozircha juda faol emas.


11` Neymar jarima maydonchasi ichida xavf solishi mumkin edi. Ammo qanotdan uzatib berilgan to'p ungacha etib kelmadi.


10` Neymar va Messi raqib himoyasini yorib o'tish uchun harakat qilishmoqda.


9` "Barselona" burchak to'pini amalga oshirdi. Pikening bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.


8` Neymar Messini qulay vaziyatga chiqarmoqchi bo'ldi. Ammo raqib himoyachilari bu vaziyatda Messini zararsizlantira olishdi.


7` Bugungi o'yinni tomosha qilish uchun stadionga Pikening rafiqasi, mashhur qo'shiqchi SHakira ham tashrif buyurgan.


6` Neymar va Messining o'ylagan rejasini raqib himoyachilari payqab qolishdi va to'pni olib qo'yishdi.


5` "Eybar" oldinga o'tdi. Maydon markazi oldidan amalga oshirilgan jarima zarbasi mehmonlarga samara keltirmadi.


4` Serxio Roberto darvozaga zarba bermoqchi bo'ldi. Ammo "Eybar" himoyachisi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.


3` "Barselona" futbolchilari har doimgidek to'pni o'z nazoratlarida ushlab turishibdi. Hujumga o'tishga esa shoshilishmayapti.


1` UCHRASHUV BOSHLANDI!


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Ispaniya chempionatining 8-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Eybar" uchrashuvidan reportajimizni boshlaymiz.


- Uchrashuv soat 23:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика