"Barselona" jarohatlangan Ter SHtegen o'rniga darvozabon qidirmoqda. Jamoada 3 ta variant bor
25 sen 2024 18:15
Yangiliklar
"Barselona" jarohatlangan Ter SHtegen o'rniga darvozabon qidirmoqda. Jamoada 3 ta variant bor
"Barselona" asosiy darvozaboni Mark-Andre ter SHtegen La Liga doirasidagi "Vilyarreal" bilan o'yinda (5:1) jiddiy jarohat olganidan so'ng kataloniyaliklar faol ravishda yangi darvozabon izlamoqda.
Germaniyalik posbon 7-8 oy maydonga tusha olmaydi, bu esa Xansi Flik jamoasini uning o'rniga zudlik bilan o'rinbosar izlashga undadi, deya xabar berdi "Transfer News Live".
Nomzodlar orasida Giyom Rest ("Tuluza"), Alvaro Vales ("Las-Palmas") va Stole Dimitrievskiy ("Valensiya") bor.
Eslatib o'tamiz, Dimitrievskiy "Valensiya"ga 2024 yilning iyun oyida erkin agent sifatida kelib qo'shilgandi.
“Barselona” ayni paytda La Liga turnir jadvalida 6 o'yinda 6 ta g'alaba bilan peshqadamlik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Fikrlar