"Barselona" himoyachisi jarohatini o'z muddatida davolay olmadi

Aslanov Jasurbek
7 fev 2018, 18:04
"Barselona" himoyachisi Tomas Vermalen "Betis"ga qarshi bahsda olgan jarohatidan qutilgani yo'q va "Valensiya" hamda "Xetafe" bilan o'yinni o'tkazib yuboradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, belgiyalikning safga qaytishiga 20 kun kerak edi. Vermalen "Betis"ga qarshi LaLiganing 20-tur o'yinida jarohat olgandi. U maydonga tushishga tayyor emas. "Barselona" 8 fevral kuni "Valensiya" (Ispaniya Kubogi), 11 fevral kuni "Xetafe" (LaLiga) bilan uchrashuv o'tkazadi.

Joriy mavsum 32 yoshli himoyachi LaLigada 8ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo