So’nggi yangiliklar

01:46"Фулхэм" стадион трибунасида очиқ бассейн қурмоқчи  0 01:29Абдуқодир Ҳусанов "Лилль" билан ўйинни ўтказиб юборади  0 00:52Италиялик жаҳон чемпиони Қозоғистонга ташриф буюрди  0 00:35Роналдунинг либосини кийган таниқли блогер Мессига алоқадор ресторандан ҳайдаб юборилди  10 00:18Вадим Абрамов: Самарқанд — иккинчи пойтахт. Шундай экан, бу ерда яхши жамоа бўлиши керак"  7 23:37БАА футбол федерацияси ёшини сохталаштирган 18 нафар мисрлик футболчини депортация қилди  2 23:10Веско Стешивич: "Биринчи бўлимда яна битта гол урганимизда, ғалаба бизники бўларди"  0 22:40Мексикадаги матбуот анжуманида бутун жамоа иштирок этиб, мухлислардан узр сўради  1 22:23Клублар миқёсида халқаро турнирларда энг кўп “қуруқ” ўйин ўтказган дарвозабонлар маълум бўлди  0 22:06Роналду Саудия Арабистони чемпионатидаги энг омадсиз ҳужумчи бўлиб турибди  32 21:49Уругвай термаси техник ҳамкорсиз қолди, жамоа брендсиз либосларда ўйнамоқда  2 21:26Суперлига. "Динамо" — "Металлург" 2:1. Highlights  0 21:07"Бухоро" ва "Хоразм" ўртасидаги марказий учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  2 20:57Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўйинда Қирғиз Республикасини мағлуб этди  0 20:56Суперлига. "Динамо" "Металлург" устидан мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  25

"Barselona" futbolchilarining tovon pullari qancha? (batafsil) Yangiliklar

"Barselona" futbolchilarining tovon pullari qancha? (batafsil)

Dunyoda buyuk va boy klublaridan biri hisoblangan kataloniyaliklar maydonda bo'lgani kabi futbolchilarining narxlari bo'yicha bemalol maqtana oladi.

Aslida, Ispaniya grandlari o'z futbolchilariga tovon pullarini yuqori belgilab qo'yishiga Neymarning PSJga o'tib ketishi sabab bo'lgan (Neymar transferi haqida ortiqcha to'xtalib o'tmaymiz).

Keling, gapni ko'p aylantirmaylikda, hozir "Barselona" futbolchilarining tovon pullari haqida malumot berib o'tamiz.


22. Rafinya

Poziciya: Yarim himoyachi

SHartnoma tuzgan: 02/11/2015

Qachongacha: 30/06/2020

Tovon puli: € 60 mln. evro



Klub akademiyasidan chiqqan va umidli yarim himoyachi deya etirof etilgan braziliyalik futbolchini jarohatlar "qiynab qo'ydi". Endi u "Kamp Nou"ni tark etish arafasida turibdi.


21. Karles Alenya

Poziciya: Yarim himoyachi

SHartnoma tuzgan: 06/09/2017

Qachongacha: 30/06/2022

Tovon puli: € 75 mln. evro



Boshqa bir La Masiya tarbiyalanuvchi Alena o'tgan mavsum "Barselona" aafida 35 o'yin o'tkazdi. 75 mln.evrolik tovon puli uzoq vaqt turmaydi va 21 yoshli futbolchining narxi yanada oshishiga shubha yo'q. 


20. Nelson Semedu

Poziciya: Himoyachi

SHartnoma tuzgan: 14/07/2017

Qachongacha: 30/06/2022

Tovon puli: € 100 mln. evro



2018/2019 yilgi mavsumda kataloniyaliklarning o'ng qanot himoyachisi sifatida muntazam o'ynagan Semedu jami 46 ta bahsda maydonga tushdi (34 o'yin asosiy tarkibda).


19. Ivan Rakitich

Poziciya: Yarim himoyachi

SHartnoma tuzgan: 09/03/2017

Qachongacha: 30/06/2021

Tovon puli: € 125 mln. evro



2014 yili "Sevilya" klubidan o'tgan xorvatiyalik xavbek ikki yil avval "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirdi va natijada uning tovon puli 125 mln. evro etib belgilandi. U shu paytga qadar klub bilan 4 marta LaLiga va Ispaniya kubogida g'olib bo'ldi va 1 marta ECHLda ham g'alaba qozondi. 


18. Jan-Kler Todibo

Poziciya: Himoyachi

SHartnoma tuzgan: 31/01/2019

Qachongacha: 30/06/2023

Tovon puli: € 150 mln. evro



"Barsa"ning kelajaklaridan biri, 19 yoshli orqa chiziq vakili "Tuluza" klubidan o'tgandi. Franciyalik himoyachi kataloniyaliklar safida 2 ta o'yin o'tkazishga ulgurdi.


17. Malkom

Poziciya: Hujumchi

SHartnoma tuzgan: 24/07/2018

Qachongacha: 30/06/2023

Tovon puli: € 180 mln. evro



Braziliyalik iqtidor egasi o'tgan mavsum avvalida "Roma"dan kelib qo'shilgan. Bazi nashrlarda uning tovon puli 400 mln. evrogacha olib chiqilgan bo'lsa-da, "Barselona"ning sobiq vica-prezidenti Jordi Mestre Malkomni 180 mln. evroga"loyik ko'rdi".


16. Mark-Andre ter SHtegen

Poziciya: Darvozabon

SHartnoma tuzgan: 29/05/2017

Qachongacha: 30/06/2022

Tovon puli: € 180 mln. evro



"Barselona"ning birinchi raqamli darvozaboniga aylangan germaniyalik posbon juda katta mahoratga ega.


15. Netu

Poziciya: Darvozabon

SHartnoma tuzgan: 27/06/2019

Qachongacha: 30/06/2023

Tovon puli: € 200 mln. evro



Garchi Netu Ter SHtegenga qadar "Barsa" bilan shartnoma imzolagan bo'lsa ham, uning yangi kelishuvi tovon puli germaniyalik posbondan yuqori bo'lishiga sabab bo'lmoqda.


14. Luis Suares 

Poziciya: Hujumchi

SHartnoma tuzgan: 16/12/2016

Qachongacha: 30/06/2021

Tovon puli: € 200 mln. evro



"Liverpul"dagi yuqori darajadagi o'yini orqali 2014 yili "Barselona" bilan shartnoma imzolagan Suares dunyoning eng yaxshi markaziy futbolchisi sifatida o'sib bordi va 2016 yili klub bila yangi shartnoma imzoladi. Urugvaylik 32 yoshli forvard "ko'k-anorranglilar" libosida 247 o'yinda 177 ta gool urgan.


13. Arturo Vidal 

Poziciya: Yarim himoyachi

SHartnoma tuzgan: 06/08/2018

Qachongacha: 30/06/2021

Tovon puli: € 300 mln. evro



O'tgan yili maydon markazidagi bo'shliqni to'ldirish maqsadida Arturo Vidal Germaniya chempioni "Bavariya" klubidan olib kelingandi. 32 yoshli chililik yarim himoyachi 3 yillik shartnoma tuzdi va uning tovon puli 300 mln. evroga baholandi. 


12. Klemen Langle

Poziciya: Himoyachi

SHartnoma tuzgan: 12/07/2018

Qachongacha: 30/06/2023

Tovon puli: € 300 mln. evro



Langle ilk mavsumida 45 ta o'yin o'tkazdi va Jerar Pike bilan yangi mavsumda himoya markazida tandem hosil qilishi mumkin.


11. Frenki de Yong

Poziciya: Yarim himoyachi

SHartnoma tuzgan: 01/07/2019

Qachongacha: 30/06/2024

Tovon puli: € 400 mln. evro



"Barselona" jahonning eng yaxshi yosh yarim himoyachilaridan biri Frenki de Yongni osonlikcha yo'qotmasligi aniq. Gollandiyalikning tovon puli 400 mln. evro.


10. Artur

Poziciya: Yarim himoyachi

SHartnoma tuzgan: 09/07/2018

Qachongacha: 30/06/2024

Tovon puli: € 400 mln. evro



Birinchi mavsumda ajoyib o'yinlari orqali yaxshi taassurot qoldirgan Artur "Barselona"ning kelajagi sifatida qaralmoqda.


9. Filippe Koutino

Poziciya: Hujumchi

SHartnoma tuzgan: 06/01/2018

Qachongacha: 30/06/2023

Tovon puli: € 400 mln. evro



Braziliyalik yana bir to'p afsungari 2018 yil yanvarda katta muzokaralardan so'ng Kataloniya klubiga kelgandi. Ammo, ortda qolgan 18 oy mobaynida o'zidan kutilgan o'yinni namoyish eta olmadi. SHunday bo'lsa ham Koutino 400 mln. evroga baholangan.


8. Usmon Dembele

Poziciya: Hujumchi

SHartnoma tuzgan: 28/08/2017

Qachongacha: 30/06/2022

Tovon puli: € 400 mln. evro



"Borussiya D"ning sobiq hujumchisi 2017 yilda yangi klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolagandi. Dastlabki ikki mavsumida jarohatlar va murabbiyning to'g'ri foydalana olmagani sababli Usmon o'sishda biroz to'xtab qolganini kuzatish mumkin. SHunga qaramay, franciyalik yigitdan umidlar hali ham katta.


7. Jordi Alba

Poziciya: Himoyachi

SHartnoma tuzgan: 28/02/2019

Qachongacha: 30/06/2024

Tovon puli: € 500 mln. evro



2012 yildan beri kataloniyaliklar safida harakat qilib kelayotgan Alba hozirgi kunda klubning birinchi raqamli chap qanot himoyachisi sanaladi. Bunga isbot sifatida 30 yoshini qar olishga bir oy qolganda "Barselona" bilan shartnomasini 5 yilga uzaytirganini keltirish mumkin. 500 mln. evro tovon puli belgilangan ispaniyalik lateral Bartomeu jamoasida 300 ta o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'ldi (15 ta gol).


6. Serxio Buskets

Poziciya: Yarim himoyachi

SHartnoma tuzgan: 27/09/2018

Qachongacha: 30/06/2023

Tovon puli: € 500 mln. evro



Dunyoning eng yaxshi markaziy yarim himoyachisi bo'lishga asosiy nomzodlar qatoriga kiritiladigan Buskets "Barselona" akademiyasidan chiqqan va klubning asosiy qismiga aylangan. Jamoa u bilan 2018 yili 5 yillik yangi shartnoma taklif qilganidan ertaga 31 yoshga to'ladigan Serxio kataloniyaliklar uchun qanchalik qadrli futbolchiligini tushunib olish qiyin emas.


5. Samuel Yumtiti

Poziciya: Himoyachi

SHartnoma tuzgan: 04/06/2018

Qachongacha: 30/06/2023

Tovon puli: € 500 mln. evro



2016 yilda "Lion"dan o'tgan Yumtiti 3 yilda asosiy himoyachi sifatida "Barselona" o'yinlarida maydonga tushdi. Hozir unga 500 mln. evro bera oladigan klub topilarmikin?


4. Serji Roberto 

Poziciya: Yarim himoyachi

SHartnoma tuzgan: 19/01/2018

Qachongacha: 30/06/2022

Tovon puli: € 500 mln. evro



"Barselona" PSJni 6:1 hisobida yutganini eslaysizmi? O'sha kechada Roberto so'nggi golni urib qahramonga aylangandi. Uning hozirgi tovon puli 500 mln. evroga chiqishida yuqoridagi muvaffaqayatning o'rni bo'lakcha. 


3. Jerar Pike

Poziciya: Himoyachi

SHartnoma tuzgan: 30/01/2018

Qachongacha: 30/06/2022

Tovon puli: € 500 mln. evro



Bir necha yillardan beri "Barselona"ning asosiy ustunlaridan biri bo'lib kelayotgan Pikening xizmatlari ham Kataloniya klubi uchun qadrli. Ispaniya terma jamoasida faoliyatini yakunlagan 32 yoshli himoyachi hali ham "Barsa" uchun kerakli futbolchi sanaladi. 


2. Lionel Messi

Poziciya: Hujumchi

SHartnoma tuzgan: 25/11/2017

Qachongacha: 30/06/2021

Tovon puli: € 700 mln. evro



Futbol tarixidagi "echki"lardan biri (GOAT - Greatest of all time - eng buyuk futbolchi) ko'plab yangilab bo'lmaydigan rekordlar o'rnatgan. U haqda izoh (#NoComment) berib o'tirish shart emasligining o'zi unga berilgan eng yaxshi tarif bo'lsa ajab emas.


1. Antuan Grizmann 

Poziciya: Hujumchi

SHartnoma tuzgan: 12/07/2019

Qachongacha: 30/06/2024

Tovon puli: € 800 mln. evro



Messining "Barselona"dagi obro'siga qaramay kuni kecha tanishtirilgan Antuan Grizmanning narxi argentinalik yulduzdan baland. Bunga sabab sifatida franciyalik hujumchi Leodan 4 yoshga kichikligini keltirish mumkin.

P.S. Yuqorida ko'rsatilgan tovon pullarini to'lagan klub, "Barselona" rahbariyatining ijozatisiz futbolchini o'z safiga qo'shib olsa bo'ladi. Bunda faqat futbolchi bilan kelishib olishning o'zi kifoya.


Etiboringiz uchun rahmat!

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика