"Barselona" futbolchilaridan biri uylandi, ammo Messi emas
16 may 2017 18:14
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/253695_original.jpg)
![](/upload/storage/253695_220.jpg)
"Barselona" futbolchilaridan biri uylandi, ammo Messi emas
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter SHtegen qiz o'rtog'i Daniela Jelega uylandi.
Nemis posboni LaLigadagi jamoasining kichik tanaffusidan foydalanib Barselona shahrida to'y qildi. Ter SHtegenning turmush o'rtog'i ushbu marosimdan olingan suratlarni "Instagram"dagi safihasiga joyladi.
Mark-Andre ter SHtegen va Daniela Jele 2012 yildan beri, darvozabon Menxengladbaxning "Borussiya" sharafini himoya qilayotganida uchrashayotgan edi.
Oldinroq "Barselona"ning boshqa futbolchisi Lionel Messi Antonellaga 30 iyun kuni uylanishi elon qilingan edi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar