"Barselona" futbolchilari portlash tufayli jarohat olgan Bartrani ko'rgani borishdi (foto)

Aslanov Jasurbek
17 apr 2017, 14:49
Bir necha kun oldin Dortmundning "Borussiya" klubi avtobusi oldida 3 ta portlash yuz berdi va unda "Barselona" sobiq himoyachisi Mark Bartra qo'lidan jiddiy jarohat olgan edi.

Ayni damda shifoxonada davolanayotgan ispaniyalikni uning sobiq jamoadoshlari ko'rgani borishdi. "Barselona" himoyachisi Xordi Alba "Instagram"ga o'zi, Buskets va Mark aks etgan suratni joyladi.


"Seni tabassumingni ko'rish yoqimli, mening do'stim" - deb yozadi Alba.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia