"Barselona" FIFAdan 6,3 mln. evro oladi
12 okt 13:13
Yangiliklar
Malumotlarga ko'ra, 20 oktyabr kuni kutilmagan voqealar ro'y bermaa, "Sevilya"ga qarshi bahsda "blaugrana" qaydnomasiga Gavi kiritiladi. O'sha kuni futbolchi Ispaniya terma jamoasi safida jarohat olganiga 335 kun bo'ladi.
FIFA Kataloniya klubiga 6 mln. 328 ming 784 evro o'tkazib berishi kerak. 2023 yilning 16 dekabridan hisoblaganda (jarohatdan keyingi dastlabki 28 kun kompensaciya programmasiga kiritilmaydi) "Barselona"ga har kun uchun 20 ming 548 evrodan kompensaciya to'lash kerak bo'ladi.
Ispan klubi o'tgan mavsum FIFAdan 4 643 848 evro qabul qilgan. Agar Gavi "Sevilya"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilsa, "Barselona" yana 1 684 936 evro oladi. Biroq jarohat muddati uzaysa to'lanadigan pul ham ko'payadi. FIFA jarohat uchun ko'pi bilan 7,5 mln. evro to'lashi mumkin.
Fikrlar