"Barselona" Dembele borasida MYUga yaxshiroq taklif berdi

Mirjalol Normatov
4 okt 2020, 12:25
"Barselona" hali ham vinger Usmon Dembeleni sotib yuborish niyatida bo'lib turibdi.

Oldinroq uning xizmatlariga "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani borasida ma'lumotlar berilgandi. O'z vaqtida "Barselona" futbolchini sotib olish uchun Dortmundning "Borussiya"siga 104 mln evro to'lagandi. Shu sababli kataloniyaliklar MYUdan Dembele uchun kamida 70 mln evro so'rayotgandi. Endi esa talab 60 mln evrogacha tushdi.

Biroq MYU jarohatga moyil bo'lib qolgan futbolchiga bunday katta summa to'lashni istamayapti. Shu boisdan ular yana Jeydon Sanchoga e'tibor qaratmoqchi.

23 yoshli francuz ushbu mavsumda LaLigada 1 o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal