“Barselona” Breytueyt uchun 18 million evro to'laydi
19 fev 2020 22:32
Yangiliklar
“Barselona” Breytueyt uchun 18 million evro to'laydi
“Leganes” hujumchisi Martin Breytueyt “Barsa”ga o'tishga yaqin turibdi.
Kataloniya klubi 28 yoshli hujumchi uchun shartnomasida ko'rsatilgan 18 million evro tovon pulini to'lab, o'z safiga qo'shib oladi.
“Barsa”ning ijtimoyi tarmoqlardagi akauntlarida yuzaga kelgan muammo tufayli mazkur kelishuvni yakuniga etkazish biroz keyinroqqa cho'zildi. Ko'k-anorranglilar bugunoq daniyalik futbolchining jamoaga o'tganini elon qilib, ertaga uni keng ommaga tanishtirishni rejalashtirishgan.
Breytueytaning “Barselona” bilan shartnomasi 2023 yilga qadar amalda bo'ladi. Forvardni jamoaga jalb etish kataloniyaliklar ustozi Kike Setenning xohishi bilan amalga oshmoqda.
Fikrlar