Barselona bilan xayrlashgan Serxio Buskets Evropada o'ynash niyati yo'q
06 iyu 2023 07:46
Yangiliklar


Barselona bilan xayrlashgan Serxio Buskets Evropada o'ynash niyati yo'q
Serxio Buskets Barselona bilan xayrlashgach, Evropa klubiga o'tmoqchi emas.
«To'g'risini aytsam, hali aniq bir rejaga ega emasman, oldimda 3-4ta taklif bor, ammo aniq to'xtamga kelganim yo'q. Evropada o'ynashni istamayman – «Barsa»ga qarshi rasmiy uchrashuvda o'ynash qiyin bo'lardi. Qolaversa, buyog'iga nisbatan xotirjamroq hayotni maqul ko'raman. Yaqin 2-3 haftada barchasi hal bo'ladi. Oilam bilan birga qarorni qabul qilamiz», - deydi Buskets.
Avvalroq, ispaniyalik yarimhimoyachiga Saudiya Arabistoni va AQSHdan taklif borligi haqida xabar qilingandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar