"Barselona" "Ayntraxt"ga qarshi o'yindagi vaziyat tufayli chipta sotuviga o'zgartirish kiritadi
16 apr 2022 12:33
Yangiliklar
"Barselona" "Ayntraxt"ga qarshi o'yindagi vaziyat tufayli chipta sotuviga o'zgartirish kiritadi
Kataloniyadagi Evropa Ligasi o'yiniga (2:3) nemis klubining ko'plab muxlislari tashrif buyurgani hech kimga sir emas – turli xil malumotlarga qaraganda mehmonlar 20 - 30 ming atrofida edi.
"Ko'k-anorranglilar" prezidenti Joan Laporta endi evrokuboklar uchrashuvlari uchun sotiladigan chiptalar sotilayotgan shaxs qayd etib boriladi.
Bundan tashqari Laporta nemis klubining minglab muxlislari qanday qilib "Kamp Nou" tribunalariga yo'l topganini tushuntirib berdi.
"Bu bahs uchun 34 440 chipta sotuvga chiqarilgandi. Albatta, cheklovlar bor edi. Ularni nemis bank kartasi yoki nemis IP orqali xarid qilishning imkoni yo'q edi. Klub nemislarga chipta sotmagan.
Biroq chiptalarni sotib olganlar ularni keyin germaniyalik muxlislarga sovg'a qilgan holatlar bo'yicha faktlarimiz bor", – dedi "Barsa" prezidenti.
Fikrlar