So’nggi yangiliklar

00:50Тебас яқин келажакда Ла Лига ўйинлари АҚШда ўтказилишини маълум қилди  0 00:35Франция. ПСЖ "Лорьян"дан устун келди ва чемпионлик масаласини деярли ҳал қилди  1 00:22Breaking: Хави "Барселона"да қолишга қарор қилди!  4 00:10АПЛ. "Ман Юнайтед" қолдирилган ўйинда "Шеффилд"ни синовдан ўтказмоқда (онлайн ҳисоб)  11 00:05АПЛ. "Ливерпуль" "Эвертон" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  1 23:54"Реал Мадрид" "Милан" ҳимоячиси трансфери устида ишламоқда  0 23:23 Хосе Венансио Лопес: "Эронга қарши баҳс жуда қийин ва мураккаб бўлиши аниқ, бироқ биз ўз потенциалимизга ишонамиз"  4 22:50"Барселона" ва Хави ўртасида музокаралар ўтказилди. Лапорта мураббийни олиб қолмоқчи  2 22:28Эрлинг Холанд "Сити"нинг АПЛдаги ўйинини ўтказиб юборади. Гвардиола буни тасдиқлади  1 22:05Перес "Эл Класико"дан олдин ҳакамларнинг ёнига бориб, улар билан саломлашган. "Барса" ўйинчилари бу ҳолатнинг гувоҳи бўлишган  28 21:45МЮнинг тен Хаг даврида амалга оширган трансферлари рейтинги тузилди – Антони охирги ўринда, Онана эса...  4 21:20Ральф Рангник "Бавария" у билан боғланганини тасдиқлади  1 20:55Футзал. Ўзбекистон Вьетнам устидан камбэк амалга оширди ва ярим финалга йўлланма олди  64 20:31ОЧЛ. "Йокогама" пенальтилар сериясида "Ульсан Хюндай"ни мағлуб этиб, финалга йўл олди!   3 20:22Оливье Жиру "Лос Анжелес" билан шартнома имзолагани маълум бўлди  3

Ispaniya Superkubogi. "Atletik" irodali o'yin ko'rsatib, "Barselona"ni ekstra taymda mag'lub etdi Yangiliklar

Ispaniya Superkubogi. "Atletik" irodali o'yin ko'rsatib, "Barselona"ni ekstra taymda mag'lub etdi

"Barselona" ham "Atletik Bilbao" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv boshlandi.

"Barselona" – "Atletik" 2:3

"La Kartuxa"

Gollar: 1:0 – 40 Grizmann, 1:1 – 42 De Markos, 2:1 – 77 Grizmann, 2:2 – 90 Vilyalibre, 2:3 – 93 Uilyams.

"Barselona": ter Stegen, Dest (Mingesa, 46), Arauxo, Langle (Trinkau, 105), Alba, de Yong, Buskets (Puch, 97), Pedri (Pyanich, 88), Dembele (Breytueyt, 88), Messi, Grizmann.

"Atletik": Unai Simon, Balensiaga (Lekue, 83), Yeray Alvares, Martines (Nunes, 95), De Markos, Raul Garsiya (Vilyalibre, 83), Dani Garsiya, Muniain, Vensedor (Vesga, 81), Kapa (Berenger, 81), Uilyams (Morsilo, 105).

Ogohlantirishlar: Langle (11), Dani Garsiya (67), Vilyalibre (109), Morsilo (110), Alba (114).



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

120. Hakam VAR tomon ketdi. Hozir Messi ketlatilishi mumkin. QIZIL KARTOCHKA! Leo markazda raqibga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun chetlatildi. Messining asablari dosh bermadi.

109. Vilyalibre De Yongni amerikancha futbol uslubida to'xtatib qolgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

106. Ikkinchi ekstra taym boshlandi.

KICHIK TANAFFUS!

105+1. Garsiya va De Yong o'rtasida jiddiy to'qnashuv ro'y berdi. Takroriy lavhada niderlandiyalik futbolchi yaxshigina zarba qabul qilib olgani ko'rindi, ammo hammasi joyida, u o'rnidan turdi.

105. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Nunes o'yinga nuqta qo'yishi mumkin edi, ammo u to'pga o'zi istaganidek tega olmadi.

102. "Barselona"ning keti uzilmayotgan hujumlari muvaffaqiyatsiz yakun topmoqda. Ko'pincha hujumlar zarbaga ham etib bormayapti.

97. Ikkinchi bo'limning oxirida butun jamoa bo'lib himoyalanayotgan "Barselona" endi katta kuch bilan hujumga o'tmoqda.

94. GOOOL! INYAKI UILYAMS! "Atletik" hujumchisi raqib jarima maydonchasi chizig'i ustidan darvozaga zarba berdi va uning uzoq yuqori burchagini ishg'ol qildi.

91. Dastlabki 15 daqiqalik taym boshlandi.


ASOSIY VAQT YAKUNLANDI! EKSTRA TAYM!

90+1. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

90. GOOOL! VILYALIBRE HISOBNI TENGLASHTIRYAPTI! Jarimadan uzatilgan to'pni zaxiradan o'yinga qo'shilgan Aser Vilyalibre darvozaga to'g'irlab qo'ydi.

89. Uilyams raqib jarima maydonchasi chizig'i oldida standart ishlab oldi.

88. "Barselona"da o'zgarish: Dembele o'rniga Breytueyt, Pedri o'rniga Pyanich maydonga tushdi.

87. "Barselona" deyarli butun jamoa bo'lib himoyaga qaytgan, birgina Messi markaz chizig'ida qarshi hujum bo'lishini kutmoqda.

84. "Barselona"ning super qarshi hujumi De Yongning noaniq uzatmasi bilan yakun topdi. 

83. Yana "Atletik"da o'zgarishlar: Raul Garsiya o'rniga Vilyalibre va Balensyaga o'rniga Lekue maydonga tushdi.

81. O'zgarish: Anderkapa o'rniga Berenger, Vensidor o'rniga Vesga maydonga tushdi.

80. RAUL! Garsiyaning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan kuchli zarbasidan so'ng to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

77. GOOOL! Grizmanndan dubl! Dembele bir uzatma bilan Albani o'z qanotidan oldinga chorladi. Xordi to'pni tezda jarima maydonchasiga uzatdi va Grizmann yaqin masofadan darvozani ishg'ol qildi.

75. Buskets o'zining uzun oyoqlari bilan raqibning qarshi hujumini to'xtatib qoldi.

74. Mingesaning qanotdan uzatgan to'piga birinchi bo'lib posbon etib keldi va to'pni egallab oldi.

67. Himoyadagi xatodan so'ng "Barselona" qiyin ahvolga tushib qoldi. Uzatma qaytarilganidan keyin to'p Uilyamsga tushdi va Inyaki darvozani ishg'ol qilishga urindi, biroq zarba noaniq.

59. Munyain yana jarima zarbasi ishlab oldi va bu safar ham xuddi o'sha joydan, ammo uzatma golsiz yakun topdi.

57. GOOOL! Raul Garsiya jarimadan uzatilgan to'pni osonlik bilan darvozaga burdi va hisobni 1:2 ko'rinishiga keltirdi. Biroq gol bekor qilinishi mumkin. VAR ishga kirishdi. Garsiya uzatma vaqtida raqiblaridan bir necha santimetr darvozaga yaqin bo'lgani tufayli ofsayd qayd etildi.

56. Mingesa o'z jarima maydonchasi yaqinida jamoadoshining uzatmasidan so'ng to'pni yo'qotib qo'ydi va Munyainga nisbatan qoida buzdi. "Atletik"da standart vaziyat.

53. ZARBAAA! Messining zarbasidan so'ng to'p darvoza ustunining yonginasidan o'tib ketdi. Unai Simon jonli devordagilarga etiroz bildirdi.

52. Dani Garsiya Messini xokkeychilar uslubida kutib oldi va qoida buzdi. "Atletik" darvozasi yaqinida standart vaziyat.

51. Inyaki Uilyams Vensidorning uzatmasidan so'ng to'pni o'ziga to'g'irlay olmadi va Ter SHtegen to'pni egallab old.

47. Messi jarima zarbasi ishlab oldi, ammo uning ijrosi muvaffaqiyatsiz bo'ldi.

46. Jamoalar maydonga qaytishdi va ikkinchi bo'lim boshlandi.


TANAFFUS!

42. GOOOL! "Atletik" hisobni tenglashtirdi. Inyaki Uilyams to'pni 18-raqamdagi Oskar de Markosga uzatdi. Oskar esa 18-raqamdagi Xordi Albadan qochib, 18 yanvar kunida (O'zbekiston vaqti bo'yicha) gol urdi.

40. GOOOL! Messi boshlagan hujumni Grizmann gol bilan yakunladi. Leo to'pni qarama qarshi qanotda ochilayotgan Albaga uzatdi, Xordi esa to'pni Messiga qaytardi. Argentinalik to'pga zarba berdi, biroq to'p himoyachiga tegib Antuanga tushdi. Franciyalik esa yaqin masofadan darvozani ishg'ol qildi.

37. ZARBAAAA! Leoning o'z uslubidagi uzoq burchakka bergan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi.

33. Dembele qanotda "Atletik" himoyachisini rosa "chayqadi", ammo uning uzatmasi darvozabonning qo'liga borib tushdi.

31. "Barselona"ning hujumi Xordi Albaning to'p yo'qotishi bilan yakun topdi.

26. Kataloniya klubining himoyadagi xatosidan so'ng "Atletik" to'pga ega chiqdi va Anderkapaning zarbasini Ter SHtegen qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

25. Masofa uzoq bo'lgani tufayli Leo jarima maydonchasiga uzatma amalga oshirdi, biroq "Barselona" futbolchilari to'pga eta olishmadi va posbon to'pni egallab oldi.

24. Messi yiqitildi, endi standart vaziyat "Barselona" ijrosida amalga oshiriladi.

22. Uchrashuvdagi dastlabki burchak zarbasi 22-daqiqada "Atletik" tomonidan amalga oshirilmoqda. Uzatmani Kataloniya klubi himoyachilari qaytarib yuborishdi.

20. Hali ham kichik ustunlik Bilbao jamoasi tomonida. "Barselona" himoyada chiqishga qiynalyapti.

15. Dastlabki 15 daqiqalikning ko'p qismi "Barselona" yarim maydonida o'tdi. Ha, kutilmagan holat.

11. Sariq kartochka. Inyaki Uilyams Langledan qochib ketayotgandi, Kleman esa vaziyatni raqibni yiqitib hal qildi.

9. Ter SHtegen bir amallab to'pni maydonda saqlab qoldi va raqib jamoa burchak zarbasi amalga oshirishiga yo'l qo'ymadi.

4. Ikki yil oldin "Atletik" ustozi Marselino Garsiya Toral "Barselona"ni finalda mag'lub etgandi. O'shanda mutaxassis "Valensiya" bilan "Barselona"ni Ispaniya Kubogi finalida taslim etgan.

2. Kataloniya klubi bugun o'zining odatiy (ko'k-anorrang) libosida, Bilbao jamoasining formasi biroz o'zgacha. "Atletik" odaytiy qizil-oq futbolka, biroq oq shortlarda maydonga tushgan.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!


Barselona – Atletik 2:3

Gol: Grizmann 40, 77 - De Markos 42, Vilyalibre 90, Uilyams 94.

18 yanvar, 01.00, "La Kartuxa"

Barsa: Ter SHtegen, Dest, Arauxo, Langle, Alba, Buskets, De Yong, Pedri, Dembele, Grizmann, Messi.

Atletik: Unai Simon, Kapa, Yeray Alvarez, Inigo Martinez, Balensiaga, De Markos, Dani Garsiya, Vensedor, Iker Muniain, Raul Garsiya, Uilyams.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика