"Barselona" Alonsoni La Ligada ro'yxatdan o'tkazdi
26 avg 2023 15:57
Yangiliklar
"Barselona" Markos Alonsoni La Ligada ro'yxatdan o'tkazdi.
Himoyachi La Liga saytida "Barselona" tarkibiga kiritilgan. SHu tariqa, uning 2024 yilgacha hisoblangan yangi shartnomasi rasmiylashtirildi. Alonso ertaga La Liganing 3-turidan o'rin olgan "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda "Barselona" safida maydonga tushishi mumkin.
Kataloniya klubi darvozabon Inyaki Penya va himoyachi Inigo Martinesni ro'yxatdan o'tkazish uchun qoldi. Qolaversa, hali ham "Barsa"da yoshlar jamoasi futbolchisi sifatida qayd etilgan Aleks Baldening yangi bitimi ham ro'yxatdan o'tkazilmagan.
Oldinroq Markos kelishuvini rasmiylashtirishdagi qiyinchiliklarga qaramay, "Barsa"ni tark etmoqchi emasligi haqida xabar berilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar