So’nggi yangiliklar

19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  2 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  2 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  4 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  3 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  15 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  6 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0

"Barselona" akademiyasi murabbiyi O'zbekistonga keldi Yangiliklar

"Barselona" akademiyasi murabbiyi O'zbekistonga keldi

Ayni paytda O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan bolalar-o'smirlar futboli va hududlardagi futbol akademiyalari faoliyatini jahon standartlariga muvofiqlashtirish bo'yicha bir qator ishlarni amalga oshirib kelinmoqda.

"SHu maqsadda ayni kunlarda "Barselona" akademiyasida 11 yildan beri murabbiylik qilib kelayotgan va o'ziga xos futbol metodologiyasini ishlab chiqqan David Sanches poytaxtimizda bo'lib turibdi. 

"JFL-Tashkent Football School" futbol maktabi bilan yaxshi aloqalarga ega bo'lgan ispaniyalik mutaxassis akademiya murabbiylariga mahorat darslarini o'tib bermoqda. Hamkorlik doirasida JFL - futbol maktabi tarbiyalanuvchilarining Ispaniyada tashkil etiladigan futbol akademiyalari o'rtasidagi nufuzli musobaqada ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ispaniyada tashkil etiladigan yig'inlarda "Barselona" yoshlar jamoalari bilan nazorat o'yinlari o'tkazish ham reja qilinmoqda. 

Bugun tajribali mutaxassis O'FA Majlislar zalida respublikamizning turli hududlaridan kelgan futbol maktablari murabbiylariga seminar mashg'ulotlarini o'tib berdi. O'quv-mashg'uloti murabbiylar bilan ochiq savol-javob shaklida o'tkazildi. 

David Sanches yosh futbol murabbiylariga o'zining foydali tavsiyalarini berib o'tdi va ularga o'zi ishlab chiqqan futbol metodologiyasini prezentaciya shaklida namoyish etdi.

Tadbir yakunida O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov ispaniyalik mutaxassisga minnatdorchilik bildirib, muntazam hamkorlikka va amaliy mashg'ulotlar o'tkazishga taklif etdi", – deb yozadi O'FA matbuot xizmati. 

Reyting: -20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика