"Barselona" 27 dekabrda Torresning transferini e'lon qiladi, taqdimot esa 28 dekabrda

Alisher
24 dek 2021, 18:24
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ferran Torres "Barselona" o'yinchisiga aylanadi.

Kataloniya klubi dushanba, aniqrog'i 27 dekabr kuni futbolchining transferini e'lon qiladi. O'yinchining rasmiy taqdimot marosimi keyingi kuni bo'lib o'tadi.

Ayni damda tadbirni o'tkazish bo'yicha tayyorgarlik ketmoqda.

Kataloniya klubi xavbek uchun 55 mln evro atrofida to'laydi, shuningdek 10 mln evro bonuslar sifatida ko'zda tutilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo