"Barselona" 2017/18 mavsumda rekord daromad topdi

Aslanov Jasurbek
19 iyul 2018, 11:46
"Barselona" direktorlar kengashi 2017/18 mavsum uchun hisobot e'lon qildi.

Kataloniya klubi so'nggi mavsumda o'z tarixida rekord daromad topdi (912 mln. evro). Harajatlar 882 mln. evroni tashkil qildi.

Toza foyda soliqlardan keyin 13 mln. evroni tashkil qildi.

Direktorlar kengashi vakillari yillik balansni yaxshi baholashdi va strategik rejalarga ko'ra 2021 yilda "Barselona"ning daromadi 1 mlrd. evroga yetishi kerak.

Eslatib o'tamiz, "Barselona"ning daromad bo'yicha avvalgi rekordi 2016/17 mavsumda o'rnatilgan edi - 708 mln. evro.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com