"Barselona" 2017 yildan beri ilk bor La Ligani beshta g'alaba bilan boshladi
15 sen 2024 21:42
Yangiliklar


"Barselona" 2017 yildan beri ilk bor La Ligani beshta g'alaba bilan boshladi
"Barselona" La Ligadagi barcha beshta turda g'olib chiqdi.
Xansi Flik jamoasi "Jirona"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi. Bunga qadar "Valyadolid" (7:0, "Rayo Valekano" (2:1), "Atletik" (2:1) va "Valensiya" (2:1) taslim etilgan.
"Blaugrana" so'nggi bor 2017/18 yilgi mavsumda Ispaniya chempionatini beshta g'alaba bilan boshlagan. Seriya 8-turga kelib yakunlangan.
"Barselona" keyingi turni 22 sentyabrda "Vilyarreal"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar