“Barselona” 17 yil ichida ilk bor mavsum davomida bosh murrabiyni ishdan bo'shatdi
14 jan 2020 08:59
Yangiliklar
“Barselona” 17 yil ichida ilk bor mavsum davomida bosh murrabiyni ishdan bo'shatdi
Klub mavsum o'rtasida Ernesto Valverdeni istefoga chiqardi.
Tomonlar o'zaro kelishuvga ko'ra, shartnomani bekor qilgani xabar qilingandi. Valverdening o'rinini “Betis” sobiq ustozi Kiki Seten egalladi. Qayd etish lozim, “Barselona” 2003 yildan beri ilk bor mavsum davom etayotgan pallada bosh murabbiy bilan xayrlashdi. So'nggi bor o'shanda Lui van Gal La Liga doirasida 1-o'rindagi klubdan 20 ochko ortda qolayotgani sabab ishidan ayrilgandi. Mavsum yakunida “Barselona” musobaqa jadvalida 6-o'rinni egallagan.
Eslatib o'tamiz, “Barselona” La Ligada “Real” bilan bir xil ochko jamg'arib, qo'shhokim bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar