"Barselona" 17 o'yindan beri ilk bor gol ura olmadi. Golli seriya dekabrdan beri davom etayotgandi
11 mar 2022 10:16
Yangiliklar


"Barselona" 17 o'yindan beri ilk bor gol ura olmadi. Golli seriya dekabrdan beri davom etayotgandi
"Barselona" 17 o'yindan beri ilk bor raqib darvozasiga gol ura olmadi.
Kataloniyaliklar "Galatasaroy" (0:0)ga qarshi Evropa Ligasi 1/8 finalida durang qayd etishdi.
Xavi jamoasi so'nggi bor maydonni 8 dekabrda golsiz tark etgan edi - o'shanda jamoa CHempionlar Ligasida "Bavariya" (0:3)ga yutqazgan edi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" o'zining keyingi o'yinini 13 mart kuni "Osasuna"ga qarshi La Ligada o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar