"Barselona" 17 o'yindan beri ilk bor gol ura olmadi. Golli seriya dekabrdan beri davom etayotgandi

Alisher
11 mar 2022, 10:16
"Barselona" 17 o'yindan beri ilk bor raqib darvozasiga gol ura olmadi.

Kataloniyaliklar "Galatasaroy" (0:0)ga qarshi Yevropa Ligasi 1/8 finalida durang qayd etishdi.

Xavi jamoasi so'nggi bor maydonni 8 dekabrda golsiz tark etgan edi - o'shanda jamoa Chempionlar Ligasida "Bavariya" (0:3)ga yutqazgan edi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" o'zining keyingi o'yinini 13 mart kuni "Osasuna"ga qarshi La Ligada o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia