“Barsa”ning yangi forvardi kuchli jihatlari, oldiga qo'ygan maqsadi va ko'plab gollar urmoqchiligini aytdi
20 fev 2020 21:00
Yangiliklar
“Barsa”ning yangi forvardi kuchli jihatlari, oldiga qo'ygan maqsadi va ko'plab gollar urmoqchiligini aytdi
Xabaringiz bor, bugun "Leganes" forvardi Martin Breytueyt “Barselona” azosiga aylandi.
U yangi jamoasi to'g'risida ilk fikrlarini bildirdi.
“Juda hayajondaman. Orzuim ushaldi. Futbol o'ynaydiganlarning har biri “Barselona” sharafini himoya qilishni istaydi. Maqsadim – titullar yutish. Ushbu klub o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan.
Kuchli jihatlarim? Jismoniy tomondan kuchli, tezkor va texnikali o'yinchiman. Har kuni o'zimni rivojlantirib borishga harakat qilaman. Ko'p gol uraman degan umiddaman”, – deydi 28 yoshli daniyalik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar