"Barsa"ga qaysi murabbiy kelishi tobora oydinlashmoqda

Alisher
17 avg 2020, 11:50
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman "Barselona"ni boshqarishi mumkin.

Kataloniya klubi va 57 yoshli mutaxassis o'rtasidagi muzokaralar yakunlovchi bosqichga yetib kelgan. Qayd etish kerakki, tomonlar kelishuvga erishishga yaqinlar.

Kuman "Barselona" bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi. Ammo, kelishuvning ikkinchi yili "Barsa"ga yangi prezidentning kelishiga to'g'ri keladi va u mutaxassisning kelajagini belgilaydi.

Oldinroq, murabbiyni Barselona aeroportida payqashgan edi. Kecha "Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu bosh murabbiy Kike Setenning iste'foga chiqarilganini aytgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mundodeportivo.com