So’nggi yangiliklar

10:15Sofascore. Захирадан майдонга тушган Файзуллаев ҳужум чизиғидагилар орасида энг катта баҳо олганлар орасида. Шомуродов эса...  0 09:42Акмал Рустамов: "Улар айни вақтда жароҳатдан даволанишмоқда"  0 08:48Отабек Нарзуллаев: "Битта хато - мағлубиятга олиб келди"  0 08:45Лига 1. Ансу Фатининг дубли "Монако"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  3 08:20Гвардиола афсонавий Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  6 07:50Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Машъал"ни енгди, "Сўғдиёна" эса меҳмонда "Шўртан"дан устун келди  0 07:41U-20 ЖЧ. Нимчорак финалнинг барча жуфтликлари маълум  1 02:20А Серия. "Рома" ва "Наполи" ишончли ғалабага эришди, "Ювентус" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади  12 02:14Ла Лига. "Сельта" ва "Атлетико" ўзаро дуранг ўйнади, мадридликлар 40-дақиқада бир киши кам бўлиб қолишди  7 01:40Лига 1. "Лилль"ни ПСЖга қарши ўйиндаги мағлубиятдан Мбаппе қутқариб қолди  6 01:03Харри Магуайр фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  1 23:58Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда "Гёзтепе"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида Шомуродов ва Файзуллаев ҳаракат қилди  16 22:27АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда Холанднинг голи эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  11 22:12Виталий Левченко: "Ўзимизга боғлиқ барчасини максимал даражада бажарамиз"  12 22:00Суперлига. "Нефтчи" – "Андижон" 2:0   1

"Barsa" Ronaldoning transferida "Real"ga 10 mln evro tejab bergan. Bu qanday bo'lgan edi? (mutolaa uchun) Yangiliklar

"Barsa" Ronaldoning transferida "Real"ga 10 mln evro tejab bergan. Bu qanday bo'lgan edi? (mutolaa uchun)

Aql o'yinlari.


Ronaldo 2002 yilning avgust oyi so'nggida "Inter"dan "Real"ga o'tdi, bu yozgi transfer oynasining so'nggida ro'y berdi. Transfer narxi 45 mln evroni tashkil etdi, ammo Madrid klubi aslida braziliyalik uchun 10 mln evro kamroq to'ladi.

Qanchalik g'alati bo'lmasin, bunda "Real"ga "Barselona" yordam berdi.


Bu qanday ro'y berdi?

Bu voqeani jurnalist Zak Lovi Sid Louning "La Ligadagi qo'rquv va nafrat" kitobiga tayanib bo'lishdi.

"Real" yozgi transfer oynasining so'nggi soatlarida Ronaldoni xarid qilish uchun zudlik bilan mablag' izladi. Pul Fernando Morentes uchun aynan 15 mln evro taklif qilgan "Barselona"dan kelishi mumkin edi. Ammo, dedlaynga ikki soat qolganda bitim barbod bo'ldi – tomonlar shartnoma shartlari borasida kelisha olishmadi. "Real" braziliyalikni boy berishi mumkin edi, bu esa faqatgina "Barsa"ning qo'lida edi.

"Inter" o'sha paytda Ernan Kresponi xarid qilgan va klub prezidenti Massimo Moratti klubda bir yo'la ikki yulduz forvardni saqlab qolmoqchi emasdi. "Real" Morentesni sota olmagani uchun "Inter"da Ronaldodan qutulish imkoniyatlari so'nib borayotgandi. Klub yon berishiga to'g'ri keldi – "Real" yakunda 45 mln evro emas, 35 to'ladi. SHu bilan birga, klublar "Real" bundan keyin "Inter"ga Santyago Solari yoki Stiv Makmanamanni berishi, yoki 10 mln evro bonus to'lashi haqida kelishib olishdi.



2003 yilning yanvarida Ronaldoning bitimi doirasida aynan Solarining o'tishi kutilgan edi. Ammo, o'tish amalga oshmadi, "Inter" baribir 10 mln evroni ololmadi (nega – nomalum). Solari "Inter"da 2,5 yil o'tibgina paydo bo'ldi, ammo transfer Ronaldoning o'tishiga umuman bog'liq emasdi.


Ronaldo bo'yicha muzokaralar qanday o'tdi?

Qiyin.

Bitimni transfer oynasi yopilishiga bir necha daqiqa qolganda yopishning uddasidan chiqildi – garchi Ronaldoga "Real" tomonidan qiziqish bundan bir necha haftalar oldin boshlangan bo'lsa ham.



"Real" transfer oynasi yopilishidan bir hafta oldin hatto bitimdan rad etishini elon qildi. Ammo, Ronaldo har qanday holatda ham "Inter"dan ketmoqchi ekanini aytib javob berdi – bu madridliklarning muzokaraga qaytishga undadi.

Ronaldo natijalarni "Inter" shtab-kvartirasida kutdi. Atrofda esa braziliyalikning o'tishiga qarshi namoyish o'tkazgan ikki yuzlab atrofida Milan klubi muxlislari to'plandi.

"Barsa" bilan Morentesning bitimi barbod bo'lishi jarayonni yanada og'irlashtirdi. Joan Gaspar (o'sha paytdagi "Barsa" prezidenti) ataylab "Real"ga Ronaldoni xarid qilishga halaqit berish uchun Morentesning transferini barbod qilgan degan talqin mavjud. Louning fikricha, Gasparning motivaciyasi ikki yil oldingi Figuning transferi uchun madridliklardan qasos olish edi.



Gasparning qasosi amalga oshmadi – "Inter" va "Real" baribir kelishishdi va o'zaro qo'l tashlashdi.

"Bu "Real" uchun baxtli kun. Dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri bilan shartnoma imzolaganimizdan juda ham mamnunmiz, – dedi "Real" sport direktori Xorxe Valdano transferdan so'ng. Xorxe o'shanda braziliyalikning katta xohishisiz hech narsa chiqmagan bo'lishini takidladi. – U maoshining qisqarishiga tayyor edi va "Real"da o'ynash imkoniyatiga katta ishtiyoq bilan qaradi.


***


Bu bitimning ishtirokchilari taqdiri turlicha ketdi. Morentes 2003 yilning yozida "Monako"ga o'tdi va ilk mavsumidayoq CHL finaligacha chiqdi. Krespo "Inter"da qolmadi va bir yildan so'ng "CHelsi"ga yo'l oldi. Ernan 2006 yilda "Inter"ga qaytdi va u erda uch yilni o'tkazdi. Ronaldo "Real"da yomon harakat qilmadi: umumiy 177ta o'yinda 103ta gol urdi.


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика