"Barsa" o'yinchilari Setenni qo'llab-quvvatlashmayapti. Murabbiy tez orada istefoga chiqarilishi mumkin
02 iyu 2020 14:00
Yangiliklar
"Barsa" o'yinchilari Setenni qo'llab-quvvatlashmayapti. Murabbiy tez orada istefoga chiqarilishi mumkin
"Barselona" bosh murabbiyi Kike Setenning Kataloniya klubidagi taqdiri so'roq ostida turibdi.
O'yinchilar Setenni qo'llab-quvvatlashmayapti. Setenning yordamchisi Eder Sarabiyaning munosabati esa o'yinchilar va murabbiylar shtabi o'rtasida masofa hosil qilgan.
Setenning "Barsa"dagi kelajagi xavf ostida va u yaqin kunlarda istefoga chiqarilishi mumkin. Bu esa butunlay chempionlik poygasidagi natijaga bog'liq.
"Barselona" ayni damda 33 turdan so'ng La Ligada 70 ochko jamg'argan holda 2-o'rinda bormoqda. "Real" esa Seten jamoasidan bir ochko ko'proq jamg'argan va bitta o'yin kam o'tkazgan.
Fikrlar