"Barsa" Grizmanning "Atletiko"ga transferi bo'yicha kelishuvni tasdiqladi
10 okt 2022 13:10
Yangiliklar


"Barsa" Grizmanning "Atletiko"ga transferi bo'yicha kelishuvni tasdiqladi
"Barselona" direktori Antuan Grizmanning "Atletiko"ga o'tishini aytdi.
Avvalroq hujumchi 20+4 million evro evaziga Madrid klubi futbolchisiga aylanishi xabar qilingandi.
"SHartnoma o'tgan hafta yakunlandi. Menimcha, biz muhim narsaga erishdik – to'lov tizimini sezilarli darajada tushirdik", – dedi Mateu Alemani.
Franciyalik futbolchining Madrid klubidagi ijarasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Uning kataloniyaliklar bilan kelishuvi 2024 yilning iyunigacha amal qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar