"Barsa" Grizmanning "Atletiko"ga transferi bo'yicha kelishuvni tasdiqladi

Sherzod Nurmatov
10 okt 2022, 13:10
"Barselona" direktori Antuan Grizmanning "Atletiko"ga o'tishini aytdi.

Avvalroq hujumchi 20+4 million evro evaziga Madrid klubi futbolchisiga aylanishi xabar qilingandi.

"Shartnoma o'tgan hafta yakunlandi. Menimcha, biz muhim narsaga erishdik – to'lov tizimini sezilarli darajada tushirdik", – dedi Mateu Alemani.

Fransiyalik futbolchining Madrid klubidagi ijarasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Uning kataloniyaliklar bilan kelishuvi 2024 yilning iyunigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo