"Barsa" Evropa Ligasiga barcha yangi o'yinchilarni qayd qila olmaydi. Traore yoki Obameyang tarkibga kirmaydi
01 fev 2022 18:47
Yangiliklar
"Barsa" Evropa Ligasiga barcha yangi o'yinchilarni qayd qila olmaydi. Traore yoki Obameyang tarkibga kirmaydi
"Barselona" Evropa Ligasi pley-offi uchun barcha yangi o'yinchilarni qo'sha olmaydi.
Qishda Kataloniya klubi tarkibiga Dani Alves, Ferran Torres va Adama Traore kelib qo'shildi. "Ko'k-anorranglilar" tez orada Per-Emerik Obameyangni ham o'z saflariga qo'shib olishga yaqinlar.
UEFA qoidalariga ko'ra, "Barsa" qaydnomaga qo'shimcha yana uch futbolchini kiritishi mumkin. Tarkibdan Torresning joy olishi deyarli aniq, shuningdek Alves ham.
Oxirgi joy uchun Traore va Obameyang davogarlik qilmoqda. Klub ulardan birini tanlashiga to'g'ri keladi.
Fikrlar