"Barsa" "CHelsi"dan Alonsoni xarid qilmoqchi. Aspilikueta bo'yicha muzokaralar to'xtatilgan
03 iyu 2022 22:03
Yangiliklar
"Barsa" "CHelsi"dan Alonsoni xarid qilmoqchi. Aspilikueta bo'yicha muzokaralar to'xtatilgan
"Barselona" "CHelsi" himoyachisi Markos Alonsoni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
"Diario Sport" xabariga ko'ra, klublar vakillari kelasi hafta uchrashib, ehtimoliy kelishuv shartlarini muhokama qilishadi. "CHelsi" ispaniyalik futbolchi uchun 10 million evrodan ko'proq so'ragan, ammo "Barsa" muzokaralar orqali narxni pasaytirishga umid qilmoqda.
Kataloniyaliklar Alonsoni 10 million evrodan kamroq summa evaziga sotib olmoqchi. SHartnomaga bonuslar ham kiritilishi mumkin. Alonso bilan 3 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishilgan.
Sesar Aspilikueta bo'yicha muzokaralar to'xtatilgan, chunki "CHelsi" himoyachining shartnomasi avtomatik ravishda yana bir mavsumga uzaytirilishini takidlab, uni qo'yib yuborishni istamayapti.
Fikrlar