"Barsa" "Chelsi"dan Alonsoni xarid qilmoqchi. Aspilikueta bo'yicha muzokaralar to'xtatilgan

Sherzod Nurmatov
3 iyul 2022, 22:03
"Barselona" "Chelsi" himoyachisi Markos Alonsoni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

"Diario Sport" xabariga ko'ra, klublar vakillari kelasi hafta uchrashib, ehtimoliy kelishuv shartlarini muhokama qilishadi. "Chelsi" ispaniyalik futbolchi uchun 10 million evrodan ko'proq so'ragan, ammo "Barsa" muzokaralar orqali narxni pasaytirishga umid qilmoqda.

Kataloniyaliklar Alonsoni 10 million evrodan kamroq summa evaziga sotib olmoqchi. Shartnomaga bonuslar ham kiritilishi mumkin. Alonso bilan 3 yillik shartnoma  bo'yicha kelishuvga erishilgan.

Sesar Aspilikueta bo'yicha muzokaralar to'xtatilgan, chunki "Chelsi" himoyachining shartnomasi avtomatik ravishda yana bir mavsumga uzaytirilishini ta'kidlab, uni qo'yib yuborishni istamayapti.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport