"Barsa" 19 yoshli futbolchi uchun 36 million evro bermoqchi
18 jan 2014 16:15
Yangiliklar

"Barsa" 19 yoshli futbolchi uchun 36 million evro bermoqchi
Kataloniyaning "Barselona" jamoasi yana bir yosh iqtidor egasi bilan qiziqmoqda.
Bu safar kataloniyaliklar etiboriga tushgan futbolchi - "Atletik" Bilbao futbolchisi Aymerik Laporte.
Franciya yoshlar terma jamoasining 19 yoshli markaziy himoyachisi 2011 yildan buyon "Atletik" Bilbao safida to'p tepib keladi. Professional futbolchilik faoliyatini boshlaganiga hali uncha ko'p bo'lib ulgurmagan yosh himoyachi bir qancha vaqtdan buyon juda ko'plab grand jamoalar etiborida turibdi. Bunday jamoalar qatoriga endi "Barsa" ham qo'shildi.
Ispan OAV tarqatayotgan xabarlarga qaraganda, "Barselona" Laporte uchun 36 million evro taklif qilishga tayyor turibdi. Ammo Laportening "Atletik" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2018 yilga qadar mo'ljallangan. Ko'ramiz kataloniyaliklar ushbu yosh istedodni o'z tarkiblariga qo'shib olishni uddasidan chiqa olisharmikan…

Fikrlar