So’nggi yangiliklar

22:03ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  0 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  44 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  10 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  2 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  2

Barosh, Jo, Boyan va haligacha o'ynayotgan yana 19 o'yinchi Yangiliklar

Barosh, Jo, Boyan va haligacha o'ynayotgan yana 19 o'yinchi

O'tgan davr yulduzlarini hozirgi jamoalar tarkibidan izlashda davom etamiz.

Ushbu 22 afsonani 2022/23 yilgi mavsumda ham maydonda ko'rish mumkin.



Xaver Pastore, Argentina

Oldin: PSJ shayxlarining dastlabki yulduzlaridan biri va Argentina terma jamoasining umidi

Hozir: 33 yoshida "Elche" (La Liga) o'yinchisi

2021/22 yilgi mavsum: 13ta o'yin, 0+0



Xavbek Franciyada barchasini yutgan va PSJda yorqin tarzda harakat qilgan. Ammo, so'nggi to'rt yil uning uchun omadli kelmayapti. Argentinalik "Roma"dagi ikki yillik faoliyatdan so'ng "Elche"ga o'tdi. 33 yoshli o'yinchi La Ligada zaxirada o'tiribdi.


Jo, Braziliya

Oldin: CSKAning (Golovinga qadar) eng qimmat sotuvi, "Man Siti" va "Everton" safida gol urgan

Hozir: 35 yoshida "Seara", (1D, Braziliya) o'yinchisi

2022 yilgi mavsum: 4ta o'yin, 1+0



Jo CSKAdan 14 yil, "Manchester Siti"dan esa 11 yil oldin ketgan, 2014 yildan beri esa terma jamoada o'ynashni to'xtatgan! Braziliyalik shundan beri Amerika va Osiyoni "aylanadi": Braziliya, BAA, Yaponiya, Xitoy. U 35 yoshida ham maydonda — "Korintians" safida Braziliya chempionatida zaxiradan o'yinga tushdi, hozir esa "Seara" safida o'ynamoqda.


Milan Barosh, CHexiya

Oldin: Evro-2004ning eng yaxshi to'purari va yarim finalchisi, "Liverpul" bilan CHL-2005 g'olibi

Hozir: 40 yoshida "Vigantice" (6D, CHexiya) o'yinchisi, Jilian okrugi chempionati



Milan Barosh futbol o'ynashni 1987-yilda "Vigantice" (o'sha paytda 6 yosh bo'lgan)da boshlagan. Milan hozirda 40 yosh, u yana "Vigantice"da. CHexiyaning oltinchi ligasida muntazam o'ynamoqda va gollar urmoqda. "Vigantice" va "Vigantice" orasida ajoyib Evro-2004, "Liverpul", "Aston Villa" va "Galatasaroy" qoldi.


Rayan Babel, Niderlandiya

Oldin: "Liverpul" va "Ayaks" safida o'ynagan, JCH-2010 finalida zaxirada o'tirgan

Hozir: 35 yoshida "Eyupspor" (2D, Turkiya) o'yinchisi

2021/22 yilgi mavsum: "Galatasaroy"da: 30ta o'yin, 3+1



35 yoshli Babel Turkiyada o'ynashda davom etmoqda. U bu erda faoliyatidagi eng ko'p o'yinlarni o'tkazgan. Avvaliga, "Qosimposho", "Beshiktosh" va "Galatasaroy", endi esa Ikkinchi ligadagi "Eyupspor".


Salomon Kalu, Kot-D'Ivuar

Oldin: "CHelsi" vingeri, CHL-2012 g'olibi va Kot-D'Ivuar terma jamoasi afsonasi

Hozir: 37 yoshida "Arta/Solar 7" (1D, Jibuti) o'yinchisi



37 yoshli Kalu "Botafogo"dan so'ng bir yil klubsiz yurdi. Ammo, ushbu yozda Aleks Song harakat qiladigan "Arta/Solar 7" jamoasiga o'tdi. U erda shuningdek "Malaga" va Kamerun terma jamoasi sobiq darvozaboni Kameni ham bor. Hech bo'lmasa Afrika Kubogining bitta bosqichidan o'tib uchun qiziqarli to'da kerak.


Sindzi Kagava, Yaponiya

Oldin: "Borussiya" (Dortmund) va "Man Yunayted" hujumkor yarim himoyachisi

Hozir: 33 yoshida "Sent-Truyden" (1D, Belgiya) o'yinchisi

2022/23 yilgi mavsum: 4ta o'yin, 0+0



Sindzi Kagava — Evropaning eng yaponcha klubida 33 yoshli etakchi. "Sent-Truyden"ning rahbarlar yapon, ular jamoaga yaponlarni tortishmoqda. Kagava — hujumning markazida 10-raqam bilan "Lester" chempionligidagi Sindzi Okazaki bilan juftlikda o'ynamoqda (hozircha eng yaxshi to'purar Xayashi jarohat olgan). Bu erda shuningdek Amerikaning Illinoys shtatida tug'ilgan yana bir yapon darvozabon SHmidt va o'ng qanot himoyachi Xashioka bor.


Yakub Blashchikovski, Polsha

Oldin: "Borussiya" (Dortmund) afsonasi, Germaniya chempioni va CHL-2013 finalchisi.

Hozir: 36 yoshida "Visla" (Krakov) (1D, Polsha) o'yinchisi

2021/22 yilgi mavsum: 2ta o'yin, 0+0



Polyak "Visla"ning eng muhim o'yinchisi — u aynan shu erdan 2007 yilda "Borussiya"ga ketgan. 36 yoshli Blashchikovski — o'zining ilk katta jamoasida sardor. Ammo, Kuba o'tgan mavsumning deyarli butun qismini jarohati sabab o'tkazib yubordi.


Kevin-Prins Boateng, Gana

Oldin: "Milan", "Borussiya", "Barselona" va "Gerta"ning yorqin yarim himoyachisi

Hozir: 35 yoshida "Gerta" (Bundesliga)

2021/22 yilgi mavsum: 18ta o'yin, 0+0



Kevin-Prins Boateng "Gerta"ga qaytdi (u tarbiyalanuvchisi). U ko'p o'ynamayapti, ammo jarohat bo'lmaganda muntazam maydonda harakat qilyapti. Albatta, jamoa "Milan" yoki "Barselona"ga qaraganda kamtarroq. Ammo, 35 yoshli Boateng ham oldingidek emas.


Boyan Krkich, Ispaniya

Oldin: "Barselona"ning super iqtidori

Hozir: 31 yoshida "Vissel Kobe" (1D, Yaponiya) o'yinchisi

2022 yilgi mavsum: 14ta o'yin, 0+1



Boyan sakkiz yildan beri "Barselona"da emas. Undan so'ng "Stok, "Alaves" va "Monreal"da o'ynadi. Bir yildan beri "Barsa"dagi do'stlari Inesta va Samper bilan "Vissel Kobe"da harakat qilmoqda. Yozda ushbu klubda Vermalen faoliyatini yakunladi.


Salli Muntari, Gana

Oldin: LCH-2010 g'olibi, "Inter", "Milan" va "Udineze" yarim himoyachisi

Hozir: 37 yoshida "Xarts of Ouk" (1D, Gana) o'yinchisi

2021/22 yilgi mavsum: 11ta o'yin, 1+2



Salli Muntari 2015 yilda "Milan"dan ketganidan so'ng hech qaerda bir yildan oshiq o'ynamadi. Bir mavsum — "Al Ittihod"da (Saudiya Arabistoni), yarim mavsum — A Seriyadagi "Peskara"da, La Ligadagi "Deportivo"da va ikkinchi ispan ligasidagi "Albasete"da. 37 yoshli Salli uch yillik pauzadan so'ng Gana chempionatiga qaytdi. U 2001 yilda o'zi tark etgan "Xarts of Ouk" jamoasi keldi. Ushbu jamoa o'tgan mavsum oltinchi o'rinni egalladi, ammo klub poytaxtniki va butun tarixidagi 21 marta chempionlikka erishgan.


Fil Jagelka, Angliya

Oldin: "Everton" va "SHeffild Yunayted" afsonasi, Angliya terma jamoasi himoyachisi (2008-2016)

Hozir: 40 yoshida "Stok Siti" (CHempionship) o'yinchisi

2021/22 yilgi mavsum: 40ta o'yin, 0+0



Fil "Stok"ni CHempionshipdan chiqarishga urinmoqda. Hozircha bu ish bermayapti — jamoa jadval o'rtasida bormoqda. Jagelkani esa 41 yoshli Jon O'SHi shug'ullantirmoqda. Jamoada "Manchester Siti"dan ijara olingan Liam Deal ham bor (shtabda uning otasi, klub afsonasi Oroi Delap).


Aleshandre Pato, Braziliya

Oldin: "Milan"ning super iqtidori

Hozir: 32 yoshida "Orlando Siti" (MLS) o'yinchisi

2022 yilgi mavsum: 22ta o'yin, 3+5



Aleshandre Pato to'qqiz yil oldin "Milan"ni tark etgan. Unga "Vilyarreal" va "CHelsi"da imkoniyat berildi, ammo katta vaqtini Braziliyada o'tkazdi: "Korintians" va "San-Paulu"da. 32 yoshida MLSning "Orlando" jamoasida o'ynamoqda.


Jervino, Kot-D'Ivuar

Oldin: "Arsenal", "Roma" va "Lill"da o'ynagan

Hozir: 35 yoshida "Aris" (Saloniki) (1D, Greciya) o'yinchisi

2021/22 yilgi mavsumda "Trabzonspor"da harakat qilgan (Turkiya chempioni): 9ta o'yin, 2+1



Jervino Greciya chempionatini o'zlashtirmoqda. Qachonlardir u "Arsenal" va "Roma"da o'ynagan, so'ngra Xitoy, Italiya va Turkiyada to'p tepgan. Yangi jamoasi — Greciyaning o'rtamiyona "Aris" jamoasi. Ammo, u "Roma"da birga to'p tepgan paragvaylik Xuan Iturbe bilan bitta jamoada harakat qiladi.


Valeri Bojinov, Bolgariya

Oldin: "Yuventus", "Man Siti", "Fiorentina" va "Parma" sobiq futbolchisi

Hozir: 36 yoshida "Septemvri" (Sofiya) (1D ga chiqdi, Bolgariya) o'yinchisi

2021/22 yilgi mavsum: 12ta o'yin, 1+1



Valeri Bojinov yoshligida "Fiorentina", "Yuventus" va "Manchester Siti"da o'ynagan. Bolgariyalik 2012 yildan beri top-ligalarda ko'rinish bermaydi. So'nggi 10 yillik — katta sayohat: Portugaliya, Serbiya, Xitoy, SHveycariya, Xorvatiya va Bolgariya. 36 yoshli bolgar so'nggi 4 yilni uyida (faqatgina yarim yil "Peskara"da) o'tkazmoqda. Ammo, u butun paytni zaxirada o'tkazadi va gollarsiz.


Stiv Mandanda, Franciya

Oldin: "Marsel" afsonasi, JCH-2018 g'olibi

Hozir: 37 yoshida "Renn" (Liga 1) o'yinchisi

2022/23 yilgi mavsum: 2ta o'yin, 1ta to'p o'tkazib yubordi



Stiv Mandanda faoliyatining 13 yilini "Marsel"da o'tkazdi. Faqatgina bir yilga "Kristal Pelas"ga ketdi. Klub afsonasi, sardori, jahon chempioni va abadiy darvozabon (600tadan ortiq o'yin!)ga aylandi. Ammo, Mandanda o'tgan mavsumda raqobatda Pau Lopesga yutqazdi — va 37 yoshida "Renn"ning asosiy darvozaboni bo'ldi.


Fabio Kualyarella, Italiya

Oldin: "Yuventus", "Napoli" va "Sampdoriya"da o'ynagan

Hozir: 39 yoshida "Sampdoriya" (1D, Italiya) o'yinchisi

2021/22 yilgi mavsum: 33ta o'yin, 4+3



Fabio A Seriyadagi faoliyatini 2000 yilda "Torino"da boshlagan — o'shanda u Jilardino va Flavio Romaga qarshi maydonga chiqqan. Kualyarella 20 yillik faoliyatida Evro-2008 va JCH-2010ga borgan, shuningdek Evro-2020 saralashida gol urgan. 39 yoshida "Sampdoriya"da zaxiradan maydonga tushadi (tushgan payti sardor bo'ladi)


Reto Cigler, SHveycariya

Oldin: "Tottenxem", "Sampdoriya" va "Lokomotiv" safida o'ynagan

Hozir: 36 yoshida "Lugano" (1D, SHveycariya) o'yinchisi

2022/23 yilgi mavsum: 5ta o'yin, 1+1



Reto Cigler "Yuventus"ga tegishli bo'lgan, ammo u erda birorta o'yin o'tkazmagan. Bu vaqt davomida "Fenerbaxche" va "Lokomotiv" (Moskva)ga ijaraga berilgan. SHundan so'ng "Sassuolo", "Son", "Lyucern" va "Dallas" jamoalarida harakat qilgan, 36 yoshli shveycar hozirda SHveycariya chempionatidagi "Lugano" sharafini himoya qiladi.


Diego Lopes, Ispaniya

Oldin: "Vilyarreal" va "Espanol" afsonasi, "Real" va "Milan" safida harakat qilgan

Hozir: 40 yoshida "Rayo Valekano" (La Liga) o'yinchisi

2021/22 yilgi mavsum "Espanol" safida 36ta o'yin o'tkazgan: 49ta to'p o'tkazib yubordi va 11ta "quruq" o'yin o'tkazdi



Diego Lopes hali ham La Ligada. Ammo, "Real", "Sevilya", "Vilyarreal" va "Espanol" asosiy tarkibida emas, "Rayo Valekano" zaxirasida. Lekin, u bilan zaxirada yonida afsonaviy Falkao o'tiradi.


Rafael, Braziliya

Oldin: "Manchester Yunayted" va "Lion" qanot himoyachisi, Fabioning egizagi

Hozir: 32 yoshida "Botafogo" (1D, Braziliya) o'yinchisi

2022 yilgi mavsum: 1ta o'yin, 0+0



Rafael egizagi Fabiodan iqtidorliroq hisoblangan. MYUda ko'p yillar davomida o'ynadi, ammo muntazam emas. SHundan so'ng "Lion"da besh yil va Turkiyada bir yil. Rafael endilikda Braziliya chempionatiga qaytdi. 32 yoshida "Botafogo" libosida harakat qilmoqda.


Fabio, Braziliya

Oldin: "Man Yunayted" va "Nant" qanot himoyachisi, Rafaelning egizagi

Hozir: 32 yoshida "Nant" (1D, Franciya) o'yinchisi

2021/22 yilgi mavsum: 27ta o'yin, 0+2



Fabio MYUda doim ham maydonga chiqmagan (besh yil davomida jami 54ta o'yin), ammo CHL-2011 finalida "Barselona" bilan o'yinda harakat qilgan. Fabio "Yunayted"dan so'ng Angliyada qoldi va CHempionshipda to'p tepdi. To'rt yilda beri jarohati bo'lmasa "Nant" asosiy tarkibida tushadi


Xannes Xalldoursson, Islandiya

Oldin: Islandiyaning Evro-2016dagi darvozaboni va JCH-2018da Messining penaltisini qaytargan posbon

Hozir: 38 yoshida "Vikingure"da, yanvargacha "Valyur"da o'ynadi (ikkisi ham Islandiya jamoalari, 1D)



Xannes Xalldoursson deyarli butun faoliyatini Islandiya chempionatida o'tkazdi. Daniyaning "Ranners", Niderlandiyaning NEK, Ozarbayjonning "Karabax" va Norvegiyaning bir necha jamoalarida o'ynadi. Ammo, ularning hech birida yarim yildan ko'p qolmadi. Xannesning asosiy muvaffaqiyatlari — Evro-2016 chorak finali, Messining penaltisini qaytargani va Lokarnodagi festivaldagi film. 38 yoshli Xalldoursson yana rejissyorlik ham qiladi.


Lukash Pishchek, Polsha

Oldin: "Borussiya" (Dortmund) afsonasi, CHL-2013 finalisti, Germaniyaning ikki karra chempioni

Hozir: 37 yoshida "Gochalkovice" (3D, Polsha) o'yinchisi

2021/22 yilgi mavsum: 17ta o'yin, 0+0



Pishchek — "Borussiya" afsonasi. U 2021 yilda "Bayer" (u erdan esa aka-uka Benderlar ketishgan)ga qarshi o'yinda chiroyli xayrlashib ketgandi. Lukash 2022 yilda "Gochalkovice"ga keldi. Ammo, u bu erda 2021/22 yilgi mavsumning faqatgina birinchi yarmini o'tkazdi. Aytgancha, Pishchekning ketguniga qadar "Gochalkovice" birinchi o'rinda edi, yakunda mavsumni beshinchi o'rinda yakunlashdi.



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика