Barns: Jota "Barsa" yoki "Real"da hozirgidek o'ynolmaydi. Bu gap Mane va Salohga ham tegishli
06 noy 2020 20:28
Yangiliklar
Barns: Jota "Barsa" yoki "Real"da hozirgidek o'ynolmaydi. Bu gap Mane va Salohga ham tegishli
"Klopp faqat o'z uslubiga mos o'yinchilarni xarid qiladi. Agar Jota boshqa klubga o'tadigan bo'lsa, "Liverpul"da qilgan ishini bajara olmaydi. Bu gap Mane va Salohga ham tegishli.
Klopp ularni zo'r futbolchiga aylantirib qo'ydi, demoqchi emasman. Bu futbolchilar oldin ham ajoyib saviyada edi. SHunchaki, ular "Liverpul"ning tizimi va uslubiga mos kelishadi.
Masalan, Jota "Barselona"ga o'tadigan bo'lsa, u erda bir nechta gollar urib, xuddi "Liverpul"dagi kabi o'ynashiga ishonmayman. Menimcha, jamoaning hech bir o'yinchisi bunga qodir emas. "Liverpul" muvaffaqiyatga erishish uchun o'z tizimiga mos keladigan futbolchilarni topishni istaydi.
Jota – fantastik o'yinchi, ammo Diogu "Real"da o'zini ko'rsatolmaydi. Barchasi Yurgen Kloppga va uning o'z uslubiga mos tushadigan futbolchilarni topa olishiga bog'liq", – dedi angliyalik sobiq forvard.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar