Barchasi joyida. Gvardiolaning koronavirusga qarshi testi manfiy natija ko'rsatdi

Aziz Tukhtamuradov
18 dek 2021, 08:45
Pep Gvardiola APL doirasida "Nyukasl"ga qarshi bo'ladigan o'yinda jamoasi bilan birga bo'ladi.

Avvalroq, uning koronavirusga topshirgan testi shubhali natija ko'rsatgani ma'lum qilingandi. 

Qayta topshirish yakunlariga ko'ra, natija manfiy bo'ldi va bu murabbiyga navbatdagi o'yinda jamoasi bilan birga bo'lish imkoniyatini beradi. 

Eslatib o'tamiz, "Nyukasl" - "Manchester Siti" o'yini 19 dekabr kuni soat 19:00 da boshlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sky Sports