So’nggi yangiliklar

15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  0 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  18 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  4 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  17 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1

Barchasi jonli, "Lujniki"dan "CA"ning reportaji! Yangiliklar

Barchasi jonli, "Lujniki"dan "CA"ning reportaji!

Teglar :  JCH2018Final
Finalga tayyormisiz? "Lujniki" bu kunni necha yillar davomida kutmadi deysiz. Rossiya poytaxti final uchun Markaziy stadionni 100% tayyor holatga keltirgan.

Buni barchasini qalam tebratib ifoda qilib berish qiyin. SHunday bo'lsada, ozroq axborot bilan suratlarni taqdim etishga harakat qilaman. Kecha 3-o'rin uchun bahs yakuniga etgach avtobusda Sanket-Peterburg - Moskva yo'nalishi bilan manzilimga etib keldim. Moskva vaqti bilan soat 13:00da ustoz, Anvar aka Ilyosov bilan stadionga kirdik. Media chiptalarni olganimizdan so'ng, ishga kirishdik. 

Ayni paytda media markazda 1000 nafardan ziyod OAV vakillari ish olib borayaptilar. JCHda jamoalari yo'q juda ko'plab davlatlarning televideniyasidan kamera ko'tarib yurgan muxbirlarni ko'rasiz. Ular faqat o'yinlar bilan cheklanib qolmayaptilar. Atrofdagi qiziqarli voqealarni ham yoritib borayaptilar. 

Janubiy amerikaliklarga qoyil qolmay iloji yo'q. Argentina, Braziliya va Urugvay terma jamoalari allaqachon mundialni tark etgan bo'lsalarda, boshqa davlat vakillaridan tashqari bularning muxlislari hali hamon Moskva ko'chalarida bayram qilib yurishibdi. To'g'ri, ularning aksariyati chiptalarni sotib uyga ravona bo'lganlar. Ammo aynan JCH uchun mehnat tatilini olganlar, o'zlari uchun bayram qilishda davom etadilar. 

Stadionda "Coca Cola", "Smartwater" va "Bud" 0 gradusdagi pivodan boshqa ichimlik yo'q. Bu ichimliklarni bozori chaqqon. Narxlar ham arzon emas, 10 dollargacha. CHipta topa olmay xunob bo'layotganlar ham yo'q emas. Tashqarida 2000 ASHQ dollarigacha chiptalarni ko'rishingiz mumkin. Puli borga ne g'am?



"Lujnii" stadioni final oldidan turli millatlarga to'lgan. O'zimiznikilardan tortib, er sharining bir chekkasidan ham muxlislar tashrif buyurganlar. Bu haqda qisqacha video rolikni ko'chirib olish orqali tomosha qiling - VIDEO

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика